Madaniyat

Navroʻz bayramini nishonlash toʻgʻrisida prezident qarori eʼlon qilindi

© Sputnik / StringerNavruz v turisticheskom komplekse "Etnomir"
Navruz v turisticheskom komplekse Etnomir - Sputnik Oʻzbekiston
Navroʻz kunlarida yordamga muhtoj insonlar, keksalar, nogironlar va kam taʼminlangan oilalar holidan xabar olish, ularga begʻaraz koʻmak berish, jamiyatda oʻzaro hurmat, doʻstlik va hamjihatlikni kuchaytirishga qaratilgan savob ishlar, xayriya tadbirlari va ommaviy hasharlarni amalga oshiriladi

TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. 2018 yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilindi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Qarorga koʻra, "Aziz vatandoshlar, har kuningiz Navroʻz boʻlsin!" degan gʻoyani oʻzida mujassam etgan bayram Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, barcha shahar, tuman, qishloq va ovullarda umumxalq sayillari shaklida yuqori darajada oʻtkaziladi.

Navroʻz jilolari  – fotokoʻrgazma - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Navroʻz jilolari – fotokoʻrgazma
Bayram dasturini tayyorlashda barcha shahar va qishloqlarda Navroʻzning tarixi, mazmuni va falsafasini, ushbu bayramni oʻtkazish bilan bogʻliq urf-odatlar, qadriyat va anʼanalarning mohiyati va ahamiyatini oʻzida mujassam etgan ommaviy sayillar oʻtkazilishiga eʼtibor beriladi.

Navroʻz kunlarida yordamga muhtoj insonlar, keksalar, nogironlar va kam taʼminlangan oilalar holidan xabar olish, ularga begʻaraz koʻmak berish, jamiyatda oʻzaro hurmat, doʻstlik va hamjihatlikni kuchaytirishga qaratilgan savob ishlar, xayriya tadbirlari va ommaviy hasharlarni amalga oshiriladi.

Xalq sayillari dasturlarini tayyorlashda xalqona oʻyinlar, folklor sanʼatining eng yaxshi namunalariga keng oʻrin berish, hunarmandlik koʻrgazmalarini tashkil etish, ibratli oila, ibratli mahalla, ibratli maktab, mohir baxshi, mohir laparchi yoʻnalishlari boʻyicha koʻrik-tanlovlar oʻtkazish, adabiy-badiiy uchrashuvlar, kitob bayramlarini tashkil etishga eʼtibor qaratiladi.

Shuningdek, qarorda mart-aprel oylarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligini tashkil etish hamda bu boradagi ishlar eng yaxshi yoʻlga qoʻyilgan tuman, qishloq va mahallalar tajribasini ommalashtirish belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala