Jamiyat

"Oʻzbektelekom"ga yangi bosh direktor tayinlandi

© Spuntik / Vladimir FedorenkoPustoye kreslo
Pustoye kreslo - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yangi direktorni umumiy majlisda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxoʻjayev tanishtirdi

TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Farhod Roʻziyev "Oʻzbektelekom" kompaniyasiga direktor etib tayinlandi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Roʻziyev Shuhrat Qodirovning oʻrniga tayinlandi. Yangi direktorni umumiy yigʻilishda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxoʻjayev tanishtirgan.

Farhod Roʻziyev bunga qadar Sarkor Telekom kompaniyasi direktori lavozimida ishlagan, shuningdek, AQShning Winncom Technologies kompaniyasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasida ishlagan. U 2011 yilda Oʻzbekistondagi internet-provayder — Uzonline loyihasini yaratuvchilardan biri boʻlgan.

 

Yangiliklar lentasi
0