TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Oʻzbekiston joriy yilda ilk bor 200dan 300 million AQSH dollarigacha boʻlgan summadagi yevroobligatsiyalarni sotishni rejalashtirayapti, degan "Bloomberg" axborot agentligiga Bosh vazir oʻrinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov. Bu haqda "Xalq soʻzi" xabar berdi.
Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilish boʻyicha memorandum imzolagan AQShning "Citigroup Inc." kompaniyasi Oʻzbekistonning suveren kredit reytingini yaratish boʻyicha "yoʻl xaritasi" ishlab chiqdi.
Vazirning soʻzlariga koʻra, yevrobondlarni chiqarish hajmi hozircha muhokama etilayapti va shu boʻyicha qaror prezident tomonidan qabul qilinadi.
"Biz oʻzbek kompaniyalari ham xalqaro moliya bozoriga chiqishini xohlaymiz. Bizning maqsad ularni zamonaviy korporatsiyalarga aylantirishdir", — deb taʼkidlagan Qoʻchqorov.