Chet ellik jurnalistlar "Oltin qalam" mukofotiga sazovor bo‘lishlari mumkin

Obuna bo‘lish
"Oltin qalam" XIII milliy mukofoti tanlovida "Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun" nominatsiyasi e’lon qilindi

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi bilan hamkorlikda jurnalistika sohasida "Oltin qalam" XIII milliy mukofoti uchun tanlov e’lon qildi. Uning natijalari an’anaga ko‘ra 3-may jahon matbuoti erkinligi kunida e’lon qilinadi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Statuetka premii Oltin Kalam - Sputnik O‘zbekiston
Britaniyalik yozuvchiga O‘zbekistonning "Oltin qalam" mukofoti topshirildi
2018-yilda "Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun" rag‘batlantiruvchi mukofoti ikkinchi marotaba nominatsiyalar ro‘yxatiga kiritildi, deyilgan xabarda.

O‘tgan yili "Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun" nominatsiyasida "Euronews" kanali "Postcards" ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi Seamus Kearney g‘olib deb topilgan edi. Shuningdek, Buyuk Britaniyaning mustaqil jurnalisti Karolina Charlotta Pink, Koreya Respublikasining "The Korea Post" jurnalining bosh muharriri Li Kung-sek hamda O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan Xitoyning "Sinxua" axborot agentligi muxbiri Sha Datining samarali ishlari yuqori baholangan.

Yangiliklar lentasi
0