"O‘zbekneftegaz" rahbari Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi

© Mejdunarodniy press-klubAlisher Sultanov - Predsedatel pravleniya NXK "Uzbekneftegaz"
Alisher Sultanov - Predsedatel pravleniya NXK Uzbekneftegaz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekneftegaz" AJ boshqarmasi raisi Alisher Sultonov “Turkmaniston — Afg‘onistan — Pokiston – Hindiston” gaz quvurining navbatdagi bosqichi ochilish marosimida ishtirok etish uchun Turkmanistonga keldi.

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Alisher Sultonovni qabul qildi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati o‘zining  Telegram-kanali orqali.

Alisher Sultonov TAPI  gaz quvurining ikkinchi bosqichining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Turkmanistonga keldi. Ushbu bosqichda Turkmaniston — Afg‘onistan — Pokiston orasida elektr uzatish va optik-tolali aloqa tizimlari ishga tushiriladi. Undan tashqari “Serxetabat — Turgundi” yo‘nalishida temir yo‘l aloqasi ham o‘rnatiladi.

Berdimuhamedov aytishiga  qaraganda, Turkmaniston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bu – qo‘shni mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston bilan, samarali muloqot olib borishdir.

O‘z navbatida Alisher Sultonov ikki mamlakat orasidagi do‘stlik va og‘a-inilikka asoslangan, uzoq muddatni ko‘zlovchi munosabatlar, kelajakda rivojlanishda davom etishiga ishonch bildirdi.

TAPI gaz quvuri Turkmaniston — Afg‘oniston — Pokiston Hindiston  orasida qurilmoqda. Uning umumiy uzunligi 1735 km bo‘lib yillik quvvati 33 mlrd metr kub gazni tashkil qiladi. Gaz quvurining 200 kilometri Turkmaniston hududidan, 735 km – Afg‘oniston hududidan va 800 km Pokiston hududidan o‘tkazish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0