Dunyoda

Parijda amaldorlar boshpanasizlar bilan koʻchada uxlaydi

© AFP / Martin BureauFrench Senate. (File)
French Senate. (File) - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtgan yili 500ga yaqin boshpanasiz kishi koʻchada vafot etgan

TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Frantsiyaning poytaxt maʼmuriyatida ishlaydigan 50ga yaqin amaldor sovuq havoga qaramasdan koʻchada uxlaydi.

Eson departamentidagi Etamp kommunasi merining oʻrinbosari Mama Si ana shunday tashabbus bilan chiqdi.

"Oʻtgan yili 500ga yaqin boshpanasiz kishi koʻchada vafot etdi… 2018 yilda atigi bir yarim oy ichida birgina Parijda 13 kishi oʻldi. Chorshanba, 28 fevral kuni 50ga yaqin xalq noiblari Austerlits vokzali oldida koʻchada uxlaydi", — deb yozdi Si ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Fevral oʻrtalarida Frantsiya poytaxtida boshpanasiz kishilar sonini aniqlash maqsadida "Birdamlik tuni" oʻtkazildi. Aktsiya tashkilotchilarining maʼlumotiga koʻra, Parij koʻchalarida besh mingga yaqin boshpanasiz kishilar yashaydi, ularning bir qismi qish kunlarida muruvat uylariga joylashtirilgan. Uch mingga yaqin kishining hattoki vaqtinchalik ham boshpanasi yoʻq.

Aktsiya oʻtkazilishiga hududiy birlik vazirligi davlat kotibi Jyulyen Denormandining butun Il-de-Frans hududida boshpanasizlar soni 50 nafardan oshmasligi haqidagi bayonoti sabab boʻldi. Keyinroq kotib muruvvat uylarida joy yetmaganlar soni haqida gapirganini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala