O‘zbekiston tankchilari Rossiyada eng zamonaviy jang yuritish uslublarini o‘rganishmoqda

Obuna bo‘lish
Mehmonlarga tank ekipaji kuchi bilan texnik xizmat ko‘rsatish, qo‘shimcha yonilg‘i quyish va ta’mirlash ishlari ham namoyish qilindi.

Toshkent harbiy okrugi qo‘mondoni general-mayor Bahodir Qurbonov boshchiligidagi O‘zbekiston Qurolli kuchlari delegatsiyasi Chelyabinsk yaqinidagi tank poligonida tanklar yordamida jang olib borishning eng zamonaviy uslublarini o‘rganib chiqishdi. O‘zbekistonlik zobitlar jang maydonida qo‘mondonlik punktlari faoliyati, tankchi guruhlarning taktik jang uslublari hamda jang maydonini uchuvchisiz apparatlar yordamida kuzatib borish uslublari bilan tanishib chiqishdi.

Shuningdek O‘zbekistonlik mehmonlarga tanka ekipaji kuchi bilan texnik xizmat ko‘rsatish, qo‘shimcha yonilg‘i quyish va ta’mirlash ishlari namoyish qilindi.

Ushbu amaliyotlarni videolavhamida tomosha qiling.

Ushbu mashg‘ulotlardan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi Samara garnizoniga jo‘nab ketishdi.

Yangiliklar lentasi
0