Yonib ketgan "Lada-Largus"ni ichida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar ro‘yxati

© Lada Novosti goroda AktauSemero chelovek pogibli v avarii na trasse Aktau-Beyneu
Semero chelovek pogibli v avarii na trasse Aktau-Beyneu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Halok bo‘lganlarning barchasi Xorazm viloyatidan, ushbu fojea munosabati bilan O‘zbekiston FVV tomonidan "qaynoq liniya" tashkil etilgan

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Qozog‘istonning Mangitaus viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yonib ketgan avtomobil ichida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ro‘yxati e’lon qilindi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jami 7 kishi hayotdan ko‘z yumgan, shulardan olti nafari o‘zbekistonliklar ekanligi aytilmoqda.

Skoraya pomosh, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istondagi YTHda olti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi FVV IIV hamda Qozog‘iston Respublikasi IIV FVV bilan hamkorlikda o‘tkazgan tadbirlar natijasida "Lada Largus" avtomobilida bo‘lganligi taxmin qilinayotgan olti nafar o‘zbekistonlikning shaxsi aniqlangan, deyiladi FVV xabarida.

Bular:

Allayarov Rasulbek Qo‘ziboyevich, 23.02.1981 yilda tug‘igan, Xorazm viloyati Shovot tmunida istiqomat qilgan.

Dushamov Zokir Quranboyevich, 11.04.1977 yilda tug‘igan, Xorazm viloyati Shovot tmunida istiqomat qilgan.

Rahimov Sherzod Saparboyevich, 12.07.1980 yilda tug‘igan, Xorazm viloyati Shovot tmunida istiqomat qilgan.

Begnazarov Mardonbek Xushnud o‘g‘li, 27.10.1995 yilda tug‘igan, Xorazm viloyati Shovot tmunida istiqomat qilgan.

Madaminov G‘ayrat Rozmatovich, 13.10.1985 yilda tug‘igan, Xorazm viloyati Gurlangiy tumani, Gurlan shaharchasida istiqomat qilgan.

Baltayev Maxmudjon Saburjan o‘g‘li, 21.09.1995 yilda tug‘igan, Xorazm viloyati Yangiariq tumanida istiqomat qilgan.

O‘zbekiston FVV ushbu fojea munosabati bilan "Qaynoq liniya"ni tashkil qilgan.

Yangiliklar lentasi
0