O‘zbekistonda xalqaro avtobus xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar tashkil etiladi

© SputnikAvtobus Setra
Avtobus Setra - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondan Rossiya va Qozog‘istonga mehnat qilish uchun ketayotgan fuqarolar yo‘lkira narxi arzonligi uchun avtobusda ketishni ma’qul ko‘rishadi, ammo bu ko‘pincha fojiali oqibatlarga olib kelmoqda

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekistonda xalqaro avtobuslarda yo‘lovchi tashish xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar tashkil etiladi, deb xabar berdi RIA Novosti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan qarorga asoslanib.

"Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorga muvofiq, "O‘zavtotrans" agentligiga avtobuslarda yo‘lovchi tashish (shu jumladan, xalqaro) xizmatini ko‘rsatuvchi, yuklarni avtomobilda tashishlar hamda transport-logistika faoliyatini amalga oshiruvchi, to‘xtash bekatlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va boshqa avtomobil transporti sohasida faoliyat yurituvchi unitar korxonalar shaklidagi mustaqil maxsus korxonalarni tashkil etish huquqi beriladi.

Reysovie avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Qozog‘istonga boruvchilar uchun yangi avtobus yo‘nalishlari ochiladi

Hujjatga asosan, 2018-2021 yillarda 437 ta yangi yo‘lovchi yo‘nalishlarini tashkil etish hamda 84 ta avtovokzal va avtostansiyani qurish va rekonstruksiya qilishning, iqtisodiyot sohalari va aholining respublika chekka mintaqalarida tashishlarga bo‘lgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda yangilangan maqsadli ko‘rsatkichlari, shuningdek, yuklarni xalqaro avtomobilda tashishlarni amalga oshiruvchi milliy tashuvchilarning og‘ir yuk tashuvchi 3824 ta avtotransport vositalari parkini yangilashning prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlanmoqda.

O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida 2000-yil may oyida xalqaro avtomobil yo‘nalishlari, jumladan, avtobus yo‘nalishlarini tartibga solish bo‘yicha kelishuv imzolangan. Biroq hozirda ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilmagan.

Mahalliy OAVning yozishicha, O‘zbekistondan Rossiya va Qozog‘istonga mehnat qilish uchun ketayotgan fuqarolar yo‘lkira narxi arzonligi uchun avtobusda ketishni ma’qul ko‘rishadi, ammo bu ko‘pincha fojiali oqibatlarga olib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0