O‘zbekiston mutaxassislari Garvardda malaka oshirishadi

Obuna bo‘lish
Garvard universiteti mutaxassislari O‘zbekiston institutlari uchun ilmiy almashuv bo‘yicha dastur ishlab chiqishga tayyor.

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti mutaxassislari AQShning Garvard, Tafts kabi yetakchi OTMlarida malaka oshirishadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

AQSh-O‘zbekiston hamkorligi fakt va raqamlarda

Ushbu haqidagi kelishuvlarga SMTI direktori Vladimir Norovning AQShga uyushtirilgan tashrifi davomida erishildi.

Garvard universitetining Rossiya va Yevroosiyo izlanishlar markazida bo‘lib o‘tgan davra suhbati davomida ta’lim va mutaxassislar tayyorlash sohasida hamkorlik qilish, O‘zbekiston va AQSh tahliliy markazlari orasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari kun tartibining asosiy masalalaridan biriga aylandi.

“SMTI mutaxassislari Garvardda malaka oshirishlari hamda Garvard universiteti vakillari O‘zbekistonda davlat xizmatchilari uchun, jumladan videokonferensiyalar orqali, master-klasslar o‘tkazishlari haqida kelishib olindi. Undan tashqari Garvard talabalari uchun O‘zbekistonga tanishuv safarlari uyushtirish masalalari ham muhokama qilindi”, — deyilgan SMTI xabarida.

O‘zbekiston delegatsiyasi Garvardda Jon Kennedi nomli boshqaruv maktabi professori Kristofer Smart bilan ham uchrashdi. Professor ilmiy tajriba  almashuv bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqishni va’da berdi.

AQSh O‘zbekiston bilan inson salomatligini yaxshilash bo‘yicha tajriba almashmoqda

Vladimir Norov, shuningdek, Tafts universitetining Huquq va diplomatiya maktabi dekani admiral Jeyms Stavridis bilan ham uchrashdi. Ma’lumot uchun, admiral Stavridis oldin NATOning  Yevropadagi bo‘linmalarini boshqargan. Stavridis tadqiqotlar markazlari orasida hamkorlik dasturi ishlab chiqishni va’da berdi. Ushbu dastur O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi mutaxassislarni Fletcher Maktabida malaka oshirishini ko‘zda tutgan bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Garvard universiteti dunyoning eng mashhur va eski OTMlarindan biridir. Garvard bituruvchilaridan 75 nafari Nobel mukofoti laureati bo‘lgan, 8 tasi AQSh prezidenti bo‘lgan. Ular orasida Franklin Rulvelt, Jon Kennedi, Jorj Bush (kichik) va Barak Obamalar bor.

Fletcher diplomatiya markazi 1933-yilda tashkil qilingan bo‘lib, AQShda xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan birinchi oliygohdir. Ushbu maktabning magistrlar kursi dunyoda diplomatlar tayyorlovchi yetakchi oliygoh sifatida tan olingan.

Yangiliklar lentasi
0