Sport

Sport inshootlarida oilaviy sektorlar paydo boʻladi

© UFFSemeynыy sektor v stadione Lokomotiv
Semeynыy sektor v stadione Lokomotiv - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu tadbir sportni ommaviylashtirishga qaratilgan boʻlib, oilaviy sektorlar eng avvalo futbol stadionlarida paydo boʻladi.

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Milliy olimpiya qoʻmitasi tashabbusi bilan yaqin vaqt ichida Oʻzbekistondagi sport inshootlarida oilaviy sektorlar tashkil etiladi, deb xabar qilmoqda OʻFF.

Oilaviy sektorlar eng avvalo futbol oʻyinlari oʻtkaziladigan stadionlarda joriy qilinadi. Keyinchalik esa boshqa sport majmualarida, xususan, usti yopiq inshootlarda ham musobaqalarni maxsus sektorlarda kuzatish mumkin boʻladi.

Ushbu tashabbus sportni ommaviylashtirishga qaratilgan boʻlib,  unda bir oilaning yoshu-qari, erkak va ayol aʼzolari sport musobaqalarini birgalikda kuzatish imkoniyatiga ega boʻladilar. 

Ayni damda Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida oilaviy sektorlar mavjud. U yerda tashqil qilingan alohida sektorlarda muxlislar oʻz oila aʼzolari bilan birgalikda oʻyinlarni tomosha qilishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala