Siyosat

Tolibon Toshkent anjumanida qatnashadimi - Tashqi ishlar vazirligi javobi

Oʻn ikkinchi mart holatiga koʻra 9ta davlat Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari Afgʻoniston boʻyicha oʻtkaziladigan Toshkent anjumanida ishtirok etishlari haqida oʻz diplomatik kanallari orqali maʼlum qilganlar

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati Reyter agentligining Afgʻoniston boʻyicha oʻtkaziladigan xalqaro Toshkent anjumanida qurollangan afgʻon oppozitsiyasi, xususan "Tolibon" vakillarining ishtirokiga doir savoliga rasmiy javobni eʼlon qildi.

Flagi stran-uchastnits konferentsii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Afgʻonistonga bagʻishlangan yuqori darajali Toshkent anjumani
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi jamoatchilikni ilgariroq ushbu anjumanga kimlar taklif etilganidan xabardor etganligini qayd etib oʻtgan.

"Oʻzbekiston va Afgʻoniston tomonidan tashkillashtirilayotgan yuqori darajadagi anjumanga BMT Bosh kotibi va tashkilotning Afgʻonistondagi maxsus vakili, Yevropa Ittifoqining xorijiy masalalar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili, shuningdek, Xitoy, Rossiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya Frantsiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni, va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar muassasalari rahbarlari taklif etilganlar. Shuningdek, taklifnoma Qatarga ham yuborilgan", — deyilgan TIV xabarida.

Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Afgʻoniston prezidenti: "Tolibon"ni siyosiy guruh deb tan olamiz, ularga pasport beriladi
TIV xabariga koʻra, 12 mart sanasiga qadar oʻzlarining diplomatik kanallari orqali forumda ishtirok etishlarini Afgʻoniston, Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya TIV rahbarlari, Yevropa Ittifoqining xorijiy masalalar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili, Afgʻonistondagi BMT maxsus vakili tasdiqlaganlar. AQSH tomonidan anjumanda Davlat kotibining birinchi oʻrinbosari ishtirok etadi.

Anjumanning boshqa ishtirokchilariga doir maʼlumotlar tez vaqtda maʼlum boʻlishi qoʻshimcha qilingan.

"Tolibon" harakatiga keladigan boʻlsak, anjuman ishida ularning ishtirok etishiga doir murojaat na Afgʻoniston TIV tomonidan, na ularning oʻzidan kelib tushmagan", — deyilgan TIV xabarida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala