Iqtisod

Oʻzbekiston firmalari kredit sifatida qariyb 100 million dollar olishadi

© Pixabay / AlexanderSteinInvestitsii v biznes
Investitsii v biznes - Sputnik Oʻzbekiston
Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo boʻlgan davlatlar bilan savdo-moliyaviy sohasini qullab-quvvatlash maqsadida kredit mablagʻlari yoʻnaltiriladi

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Oʻzbekiston investitsiya davlat qoʻmitasi va Xalqaro islom savdo-moliyaviy korporatsiya (ITFC — Islom taraqqiyot banki tuzilmasiga kiradi) 100 million dollar kredit taqdim etish boʻyicha shartnoma imzolashdi, deb xabar qildi RIA Novosti ushbu qoʻmita matbuot xizmatiga tayangan holda.

Flag Yaponii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yapon ishbilarmonlari Oʻzbekistondagi investorlar uchun sharoitlar bilan tanishadi

"Shartnoma doirasida ITFC Oʻzbekiston kompaniyalariga ikki yil davomida 100 million dollarlik qisqa muddatli kreditlar beriladi", — deb taʼkidladi suhbatdosh.

Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo boʻlgan davlatlar bilan savdo-moliyaviy sohasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida kredit mablagʻlari yoʻnaltiriladi.

"Ushbu shartnoma islom davlatlari Oʻzbekiston kichik va oʻrta biznes shartnomalari uchun moliyaviy-savdo resurlaridan foydalanish imkonini beradi", — deb qoʻshimcha qilishdi qoʻmitada.

2003 yilda Oʻzbekiston Islom taraqqiyot banki aʼzosi boʻldi. Oʻzbekiston tomoni maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda bank respublikaga sogʻliqni saqlash, taʼlim, irrigatsiya va melioratsiya, energetika, suv taʼminoti, kommunal xoʻjalik, yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish, kichik ishbilarmonlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 26 ta loyiha uchun 1,4 milliard dollar ajratdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala