Hodisalar

Oʻzbekistonlik yigit notanish ayolni daydi itlardan qutqaraman deb, halok boʻldi

© Nicholas Kamm / AFPZlaya sobaka
Zlaya sobaka - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtgan dam olish kuni Oʻzbekistondan kelgan yigit daydi itlar hujumiga uchragan notanish boʻlgan qizni himoya qilishga harakat qilgan. Itlar bilan jang vaqtida u vafot etdi. Bir necha oydan soʻng yigit ota boʻlishi kerak edi.

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Musiqachi Yuriy Loza Moskva viloyatidagi Istra tumanida daydi itlar hujumiga uchragan yigitdan jiyani homilador ekanligini maʼlum qildi.

Posetiteli v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы bliz derevni Saxarovo - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Rossiyaning yettita regionida Migratsiya agentligi markazlarini ochadi

"Bunday dahshatli voqea qayerdadir chekka joyda sodir boʻlganda, yashash muhitda nazorat imkoni yoʻqligiga bahona qidirasiz. Biroq Istra tumanida sodir boʻlganligiga ishonishni xohlamaysiz. Biroq bunga ishonish kerak, chunki bunday jasur yigitdan jiyanim farzand koʻradi. Jiyanimni butun oilamiz bilan tinchlantirishga harakat qilyapmiz. Yigit qahramonlik koʻrsatdi, umuman notanish insonni qutqarish uchun oʻz hayotini qurbon qildi", — deb yozgan musiqachi Facebookdagi sahifasida.

Bir kun avval Moskva viloyati tergov qoʻmitasi matbuot xizmati Istra tumanida 26 yoshli ayolga daydi itlar hujum qilganligi haqida xabar bergandi. Uni qutqarishga umuman notanish yigit yetib keladi, biroq bu yigit itlar bilan kurashda halok boʻladi. Oleg Shushunov oilasi bilan 4 yil muqaddam Oʻzbekistondan Rossiyaga kelgandi.

Tergov qoʻmitasi xabarida aytilishicha, it talashi oqibatida yetkazilgan jarohatlar bilan jasad 11 mart kuni Istra tumani Kursakovo qishlogʻida aniqlandi. Tuman kasalxonasiga xuddi shunday jarohatlar bilan ayol ham olib kelindi.

Hozirgi vaqtda daydi itlarni ushlash xizmati xodimlari bilan birgalikda tegishli choralar koʻrilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala