Siyosat

Yevropa ittifoqi Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni uzaytirdi

© Sputnik / Vladimir Sergeev / Fotobankka oʻtishFlagi Rossii i Yevrosoyuza
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik Oʻzbekiston
Mart oyida qator rossiyaliklarga qarshi sanktsiyalarni Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan ham uzaytirilgan edi

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Yevropa Ittifoqi Rossiya va Ukrainadan boʻlgan 150 kishi va 38ta tashkilotga nisbatan yakka tartibdagi sanktsiyalarni yana yarim yil muddatga, joriy yil 15 sentyabrga qadar uzaytirdi. Bu haqda tashkilot kengashi axborotida aytilgan.

Ushbu choralar, Yevropa Ittifoqi fikriga koʻra, "Ukraina yaxlitligiga tahdid solayotgan" kishilarga nisbatan kiritilgan.

Vladimir Putin otvetil na vopros pro Mixaila Saakashvili - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin AQSH nima uchun Rossiyaga sanktsiya kiritayotgani sababini aytdi
Sanktsiyalar aktivlarning muzlatib qoʻyilishi va YEI tashriflarni cheklashni nazarda tutadi.

Hujjatga koʻra, Yevropa Ittifoqi holatni oʻrganib chiqib, sankitsyaviy rejimni hali oʻzgartira olmasligi haqidagi xulosaga kelgan.

Ilgarirov Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini YEIning Rossiyaga nisbatan siyosati oʻzgarishi uchun Moskva Minsk kelishuvlarini toʻliq bajarib, "Qrimning noqonuniy anneksiyasini" toʻxtatishi kerakligi haqida bayonot qilgan edi.

Diplomatning soʻzlariga koʻra, ayrim yevropalik siyosatchilarning Qrimga tashrifi Yevropa Ittifoqining pozitsiyasini toʻliq ifoda etmaydi.

Mart oyida qator rossiyaliklarga qarshi sanktsiyalarni Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan ham uzaytirilgan edi.

Moskva shu vaqtgacha bir necha marotaba Ukrainada mojaro boʻlishi tarafdori emasligini rasman  maʼlum qilgan  boʻlsada, Yevropa Ittifoqi va AQSH Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni kiritishni lozim topdi. Moskva ham javob choralarini qoʻlladi.

Shu bilan birga Gʻarbda soʻnggi vaqtlarda cheklov choralarini bekor qilish lozimligi haqida fikrlar yaqqol jarang topmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala