Madaniyat

Britaniya muzeyi Oʻzbekistonga Mirzo Ulugʻbek piyolasining nusxasini tayyorlab beradi

© SputnikPamyatnik Mirzo Ulugbeku v posolstve Uzbekistana v Rossii
Pamyatnik Mirzo Ulugbeku v posolstve Uzbekistana v Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Uzunligi 15 santimetrga teng boʻlgan mazkur piyola yuz qismiga "Ulugʻbek Koʻragon" deb yozilgan

TOSHKENT, 14 mar – Sputnik. Londonda Oʻzbekiston Islom tsivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi, Toshkent islom universitetining Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi rahbarlaridan iborat guruh Britaniya muzeyi direktori Hartvig Fisher bilan uchrashdi. Bu haqda "Jahon" AA xabar berdi.

Bu muzeyda Oʻzbekiston tarixiga oid oʻta noyob eksponat – Mirzo Ulugʻbek suv ichgan piyola saqlanadi. Uzunligi 15 santimetrga teng boʻlgan mazkur piyola yuz qismiga "Ulugʻbek Koʻragon" deb yozilgan. U yashil rangli nefrit toshdan, oʻta mohirlik bilan sayqallangan. Idish bandi ajdar shaklida boʻlib, ogʻzi piyola uchini tishlagan, oyoqlari esa yerga tegib turadi. Uning ogʻiz tegar yeri lab shaklida, unga "Karami Haqqa nihoyat yoʻq" ("Alloh taolo karamining cheki yoʻq") yozuvi bitilgan.

© IA JaxonPiala Mirzo Ulugbeka v Britanskom muzeye
Piala Mirzo Ulugbeka v Britanskom muzeye - Sputnik Oʻzbekiston
Piala Mirzo Ulugbeka v Britanskom muzeye

"Oʻsha vaqtlar Movarounnahrda nefrit toshi noyob sanalgan. Chaqmoq urishidan saqlash maqsadida piyola nefritdan ishlangan. Ajablanarlisi shundaki, ushbu toshdan yasalgan idishga solingan zahar oʻz taʼsir kuchini yoʻqotgan. Shu bois, bunday piyola egalari ichimlikni bexavotir isteʼmol qilishgan", — deyiladi xabarda.

Britaniya muzeyidagi uchrashuvda tomonlar oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini izhor etdi. Muzokaralar natijasida Britaniya muzeyi xodimlarining Oʻzbekistonga safarini tashkil etish, oʻzaro tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish, muzey fondida saqlanayotgan Oʻzbekiston tarixiga oid nodir eksponatlarni tadqiq etish, ularning kataloglarini yaratish, oʻzbekistonlik mutaxassislarning mazkur muzeyda amaliyot oʻtashlarini joriy qilish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Mazkur muzey Oʻzbekiston buyurtmasiga binoan Mirzo Ulugʻbek foydalangan nodir piyolaning nusxasini tayyorlab berishga tayyor ekanini maʼlum qildi.

Britaniya muzeyi oʻzida 8 milliondan ziyod ashyolarni toʻplagan boʻlib, har yili bu yer 7 million nafarga yaqin kishini qabul qiladi.

Yangiliklar lentasi
0