Jamiyat

Qozogʻiston va Oʻzbekiston tovar almashish hajmini 3 mlrd dollargacha yetkazadi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiyasining 17-yigʻilishi boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻzaro savdo hajmini oshirish yoʻllarini muhokama qilib, 2018 yilda tovar almashish hajmini 3 milliard dollargacha yetkazishga kelishib oldi, deb xabar berdi Qozogʻiston hukumati matbuot xizmati.

Ostona shahrida Qozogʻiston bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Asqar Mamin va Oʻzbekiston bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Achilboy Ramatov hamraisligida Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiyasining 17-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yerik Utembayev - posol Kazaxstana v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Utembayev: Oʻzbekiston Qozogʻistonning tashqi siyosatdagi muhim sherigidir

Tomonlar oʻzaro savdoning yuqori surʼatda rivojlanayotganini qayd etdi. Ikki mamlakat oʻrtasida tovar almashish hajmi 2017 yilda 2 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2016 yildagiga nisbatan 31,2% koʻp. Qozogʻistondan Oʻzbekistonga eksport 2017 yilda 35%ga oʻsib, 1,3 milliard dollarni tashkil etdi. Qozogʻistonga Oʻzbekistondan import 25,1%ga oshdi va 735,2 million dollarni tashkil qildi.

"Savdo-iqtisodiy hamkorlikning jadal surʼatlarda rivojlanayotganini eʼtiborga olib, tomonlar tovar almashish hajmini 2018 yilda 3 milliard dollargacha va 2020 yilga kelib 5 milliard dollargacha yetkazishni taʼminlash maqsadida kelgusidagi tegishli choralarni koʻrishga kelishib oldi", — deyiladi xabarda.

Tomonlar shuningdek, Qozogʻiston va Oʻzbekistonning chegara oldi hududlarida xalqaro chegara oldi hamkorligi markazi va transport-logistika markazi qurilishi imkoniyatlarini koʻrib chiqishga kelishishdi.

Yangiliklar lentasi
0