Jamiyat

Oʻzbekiston vizasi Qozogʻiston uchun ham amal qiladigan boʻladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishViza v pasporte
Viza v pasporte - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston va Qozogʻiston turistlar uchun multiviza tashkil qilish haqida muzokaralar olib bormoqda.

TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Oʻzbekiston va Qozogʻiston turistlar uchun ikkala davlat hududida ham amal qiladigan multiviza joriy etish haqida muzokaralar olib bormoqda, deb xabar qildi Qozogʻiston madaniyat va sport vaziri Arыstanbek Muxamediulы Sputnik Kazaxstan nashriga.

Ushbu masala Ostonada 14 mart kuni ikki davlatning hukumatlararo komissiyalari majlisida muhokama qilindi.

“Biz hozir Oʻzbekistonga kirish uchun berilgan vizalar Qozogʻiston hududida ham amal qilishi ustida ishlayapmiz. Qozogʻistonga kelgan turistlar esa – qozoq vizasi bilan Oʻzbekistonga borishi mumkin boʻladi”, — dedi Muxamediulы hukumatlararo komissiya majlisidan keyin.  

Vazir aytishiga qaraganda, koʻp hollarda Qozogʻistonga kelgan sayyohlar Oʻzbekiston tarixiy obidalarini tomosha qilish istagini bildirishadi. Oʻzbekistonga kelgan sayyohlar esa Xoʻja Yahmad Yassaviy maqbarasi va Ostonani tomosha qilishni xoxlaydi.

Ushbu turdagi vizalar amal qilishni boshlashi uchun ikki mamlakat Hukumatlari taaluqli qarorlarni qabul qilishlari kerak.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili deb eʼlon qilingan. Yil davomida Qozogʻistonda iqtisodiyot, turizm va madaniyat sohasida 200dan ortiq tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0