Jamiyat

Xavfsizlik bayrogʻi ostida: MXX vorisi yangi geraldikaga ega boʻldi

© Flickr / UNC - CFC - USFKPodpisaniye dokumenta, arxivnoye foto
Podpisaniye dokumenta, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Idoraviy ramzlarning taʼsis etilishi harbiy xizmatchilarning jangovor ruhini oshirishga hamda ularni davlat xavfsizligini taʼminlash vazifalarini bajarishga safarbar etishga xizmat qiladi

TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmatiga aylantirildi hamda oʻz bayrogʻi va gerbiga ega boʻldi.

"Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrogʻi barqarorlik, matonat, sodiqlik, fidoiylik va mardlikni ifoda etuvchi toʻq koʻk rangli toʻgʻri burchakli mato koʻrinishiga ega", — deyiladi hujjatda.

Bayroq markazida geraldik belgi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining emblemasi tasvirlangan.

Bayroqning uzunligi — 250 sm., eni — 125 sm.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati emblemasi toʻq koʻk rangli aylana tasmasi boʻlgan kumush rang doiradan iborat.

"Doira markazida davlat va jamiyatni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish ramzini anglatuvchi, pastki qismi choʻzilgan, yuqori burchaklari kesilgan uchburchak koʻrinishiga ega qalqon tasvirlangan. Qalqon yuzasi kumush rangda. Qalqonning markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan", — deyiladi farmonga sharhda.

Qalqonning kesilgan ikki yuqori va pastki burchaklarida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari muhofazasini anglatuvchi uchta xalqa tasvirlangan.

Qalqon ortida simmetriya oʻqi boʻyicha tigʻi pastga yoʻnaltirilgan qilich joylashgan. Qilich kuch, shaʼn, adolat, jasorat va hushyorlikni anglatadi.

© Pravitelstvennыy portal respubliki UzbekistanGeraldicheskiy znak – emblema Slujbы gosudarstvennoy bezopasnosti Respubliki Uzbekistan
Geraldicheskiy znak – emblema Slujbы gosudarstvennoy bezopasnosti Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Geraldicheskiy znak – emblema Slujbы gosudarstvennoy bezopasnosti Respubliki Uzbekistan

Qilich dastagi yettita halqadan iborat boʻlib, ular Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy tamoyillarini anglatadi.

Qalqon va qilich ortida simmetrik ravishda ikki tomonga hilpirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining qalqon va qilich ortida joylashuvi konstitutsiyaviy tuzum, suverenitet, hududiy yaxlitlik va davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganligini anglatadi.

Qayd etilishicha, idoraviy ramzlarning taʼsis etilishi harbiy xizmatchilarning jangovor ruhini oshirishga hamda ularni davlat xavfsizligini taʼminlash vazifalarini bajarishga safarbar etishga xizmat qiladi.

Farmon bilan sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining ayrim vakolatlari Ichki ishlar vazirligiga, shuningdek, Mudofaa vazirligiga oʻtkazildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala