Hodisalar

Oʻzbekistonda oʻgʻirlik bilan shugʻullangan kollej oʻquvchilari qoʻlga olindi

© Foto : PUBLIC DOMAINProdaja ukrasheniy. Arxivnoye foto
Prodaja ukrasheniy. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu oʻgʻirlik jinoyatlari Samarqand va Qashdaryo viloyatlarida sodir etilgan.

TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Ichki ishlar xodimlari oʻgʻirlik bilan shugʻullangan maktab oʻquvchilarini qoʻlga oldi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbekistonda qalbaki dollar va soʻm yasagan shaxs qoʻlga olindi

Xabarda aytilishcha, Samarqand viloyatining Jomboy tumanida 5 mart kuni nomaʼlum shaxslar Muqimiy koʻchasida yashovchi, 1972 yilda tugʻilgan SH. Mamatqulovaning uyiga kalit tanlash yoʻli bilan kirib, xonasidan pullarini oʻgʻirlab ketganlar.

Koʻrilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jomboy tumani Guliston mahallasi Paxtakor koʻchasi 11-uyda yashovchi, Samarqandagi kollej oʻquvchisi, 2000 yilda tugʻilgan Z.Yaxshiboyev, va A.Qurbonov mahallasi Beruniy koʻchasi 4-uyda yashovchi, kollej oʻquvchisi, 1999 yilda tugʻilgan F.Maʼrufovlar sodir etganliklari aniqlanib qoʻlga olingan.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida 2018 yil 27 fevral kunida nomaʼlum shaxs Tinchlik koʻchasida yashovchi, D.Rasulovaning uyiga kalit tanlash yoʻli bilan kirib, xonasidagi seyfidan pullari va turli xildagi zargarlik buyumlarini oʻgʻirlab ketgan. Koʻrilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yakkabogʻ tumanida yashovchi, maktab oʻquvchisi, O.H sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala