Jamiyat

Toshkentning markaziy koʻchalarida 20 mart kuni harakat cheklanadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTSUM v Tashkente
TSUM v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
20 mart kuni soat 9dan 12ga qadar "Navroʻz" umumxalq bayramiga bagʻishlangan "Yoshlar marafoni" oʻtkaziladi

TOSHKENT, 16 mar – Sputnik. Toshkent shahrining bir qator koʻchalarida 20 mart kuni "Yoshlar marafoni" oʻtkazilishi munosabati bilan harakatlanish cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 20 mart kuni "Navroʻz" umumxalq bayramiga bagʻishlangan "Yoshlar marafoni" oʻtkaziladi.

Shu munosabat bilan 20 mart kuni soat 9:00 dan 12:00ga qadar Nukus koʻchasi (Nukus, A.Qodiriy, Abay, A.Navoiy, SH.Rashidov, Mustaqillik koʻchalari)dan "Paxtakor" markaziy stadionigacha boʻlgan koʻchalar (Glinka, Oybek, A.Temur, Mustaqillik, SH.Rashidov, Abay, Sebzor, Navoiy, Yusuf Xos Xojib koʻchalari)da harakatlanish cheklanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala