Jamiyat

IIV akademik litseylariga oʻqishga kirayotganlar 2 bosqichda tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi

© podrobno.uzSotrudniki MVD Uzbekistana
Sotrudniki MVD Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻquvchilar tibbiy koʻrikdan ikki bosqichda, birlamchi va yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. IIV akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom davlat roʻyxatidan oʻtkazildi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Papka s dokumentami - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
MXXning ayrim vakolatlari Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklariga oʻtkazildi

Nizomga koʻra, IIV akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan oʻquvchilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, viloyatlar IIB va Toshkent shahar IIBBning tibbiyot boʻlimlaridagi harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

Oʻquvchilar tibbiy koʻrikdan ikki bosqichda, birlamchi va yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi:

birlamchi tibbiy koʻrikda oʻquvchining shikoyatlari, sogʻligʻi holati haqidagi ambulator bemorning tibbiy kartasi, oʻquvchi va uning ota-onasi haqidagi asosiy maʼlumotlar (kasalliklari, jarohatlari, rivojlanishi, feʼl va xulq-atvori) oʻrganiladi;

yakuniy tibbiy koʻrik oʻquvchining sogʻligʻida birlamchi tibbiy koʻrikdan keyingi oʻzgarishlarni aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.

Harbiy-tibbiy komissiyalar oʻquvchining salomatligi toʻgʻrisidagi barcha zarur maʼlumotlar va uning jismoniy rivojlanishini hisobga olgan holda oʻquvchini oʻqishga yaroqli yoki yaroqsizligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala