Jamiyat

Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi AQSH Maxfiy xizmati bilan memorandum imzoladi

© Posolstvo SSHA v UzbekistaneSekretnaya slujba SSHA i Generalnaya prokuratura Uzbekistana sotrudnichayut v borbe s transnatsionalnыmi finansovыmi prestupleniyami
Sekretnaya slujba SSHA i Generalnaya prokuratura Uzbekistana sotrudnichayut v borbe s transnatsionalnыmi finansovыmi prestupleniyami - Sputnik Oʻzbekiston
Anglashuv memorandumi moliyaviy surishtiruvlar haqida maʼlumot almashish, valyuta jinoyatlari sohasida tajriba va texnik ishlanmalar almashinuvini, shuningdek, ishchi guruhlar uchrashuvi yoki tomonlarni qiziqtirgan boshqa yigʻilishlar oʻtkazishni nazarda tutadi.

TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. AQSH Maxfiy xizmati Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti bilan transmilliy moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Fragment Kapitoliya - zdaniye Kongressa SSHA v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni kengaytirdi

AQSH Maxfiy xizmatining doimiy vakili Deniz Feydner va Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Akmalxoʻja Mavlonov 2018 yil 15 mart kuni Toshkentda ushbu hujjatni imzoladi.

Anglashuv memorandumi moliyaviy surishtiruvlar haqida maʼlumot almashish, valyuta jinoyatlari sohasida tajriba va texnik ishlanmalar almashinuvini, shuningdek, ishchi guruhlar uchrashuvi yoki tomonlarni qiziqtirgan boshqa yigʻilishlar oʻtkazishni nazarda tutadi.

"Valyuta va moliyaviy jinoyatlar — murakkablik darajasi oshib borayotgan global tahdid. Bunday jinoyatlar uchun kuchli toʻsiq transmilliy jinoiy tashkilotlar bilan kurashishning asosiy usuli sanaladi. Maxfiy xizmat va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari bir-biriga yordam berishi juda muhim, shuning uchun biz Oʻzbekistonda Bosh prokuratura bilan yaqindan hamkorlik qilishni istaymiz", — dedi Deniz Feydner.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi va AQShning Toshkentdagi elchixonasi xavfsizlik boʻyicha Mintaqaviy ofisi ham memorandumga erishish uchun yordam koʻrsatdi.

Pervыy zamestitel predsedatelya Senata Oliy Majlisa RUz Sadыk Safoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Sodiq Safoyev Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqining qaytishidan manfaatdorligini aytdi

"Ushbu memorandum AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi asosiy maqsadlaridan biri — AQShning xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorligini transmilliy jinoiy tashkilotlar faoliyatiga chek qoʻyish maqsadida kuchaytirishga yordam beradi", — deya aytib oʻtgan AQSH elchixonasining Mintaqaviy havfsizlik boʻyicha ofisi vakili.

Eslatib oʻtamiz, AQSH Maxfiy xizmati 150 yil oldin tashkil etilgan boʻlib, uning asosiy vazifasi AQSH valyutasini qalbakillashtirish holatlarini aniqlash va oldini olishga qaratilgan. Hozirgi paytda AQSH Prezidenti va AQSH hukumati yuqori lavozimli boshqa mansabdor shaxslarini himoya qilish bilan bir qatorda, AQSH valyutasini qalbakillashtirish, bank sohasidagi firibgarlik, pochta yordamida firibgarlik holatlari bilan bogʻliq jinoyatlari boʻyicha tergov olib boradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala