Jamiyat

Turkish airlines kompaniyasi Istanbul-Samarqand yoʻnalishida parvozlarni yoʻlga qoʻymoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishSamolet Airbus A319 aviakompanii Turkish Airlines v Mejdunarodnom aeroportu imeni Atatyurka v Stambule
Samolet Airbus A319 aviakompanii Turkish Airlines v Mejdunarodnom aeroportu imeni Atatyurka v Stambule - Sputnik Oʻzbekiston
Turk aviakompaniyasi Istanbul-Samarqand-Istanbul yoʻnalishi boʻyicha muntazam parvozlarni haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiradi.

TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Turkish airlines kompaniyasi juma kunidan boshlab Istanbul-Samarqand yoʻnalishi boʻyicha parvozlarni boshladi, deb xabar qildi RIA Novosti Oʻzbekiston aviakomaniyasi vakiliga tayangan holda.

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK 2017 yil 30 oktyabr kunidan boshlab Istanbuldan Samarqandga parvozlarni amalga oshirishni boshlagandi.

"Turk aviakompaniyasi Istanbul-Samarqand-Istanbul yoʻnalishi boʻyicha muntazam parvozlarni haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiradi", — deb taʼkidladi aviakompaniya vakili.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirgi vaqtda tomonlar Turkiyadan Oʻzbekistonning boshqa shaharlariga parvozlarni amalga oshirish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala