Analitika

Diana Yenikeyeva: majburiy mehnat qurbonimi yoki vijdonli inson namunasi!?

© StringerXashar v perevode s arabskogo yazыka oznachayet sovmestnыy trud, blagotvoritelnost. V sovremennom Uzbekistane xashar oznachayet to je, chto subbotnik — bezvozmezdnaya uborka territorii silami grajdan.
Xashar v perevode s arabskogo yazыka oznachayet sovmestnыy trud, blagotvoritelnost. V sovremennom Uzbekistane xashar oznachayet to je, chto subbotnik — bezvozmezdnaya uborka territorii silami grajdan. - Sputnik Oʻzbekiston
Hashar - ayrim OAVlar bong urayotgani kabi - majburiy mehnatga jalb qilish emas, balki millatni birlashtirib turadigan ming yillik anʼana, har bir oʻzbekistonlikning fuqarolik burchidir. Shu bois, hamkasblarimni, biror fojiaga rakurs tanlayotganda tor doirada fikrlashga emas,balki kengroq mushohada qilishga chaqiraman

TOSHKENT, 19 mar — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻtgan haftada Oʻzbekiston matbuoti va ayrim xorijiy OAVlar Samarqand viloyatida majburiy tozalash ishlariga chiqarilgan 23 yashar oʻqituvchi yuk mashinasi tagida qolib halok boʻlgani haqida bong urdi.

Bu fojea tufayli matbuotda navbatdagi ogʻriqli masalalardan biri — oʻqituvchilarning jamoat ishlariga jalb qilinishi, bu holatga chek qoʻyib boʻlmasligi haqida koʻplab xabarlar va mulohazalar chop etildi. Eng achinarlisi, har bir fojiadan allaqanday manfaat qidiradigan ayrim nashrlar endilikda halok boʻlgan oʻqituvchining oilasi qancha tovon puli olishini hisoblash bilan shugʻullanmoqda…

Fojea haqida qisqaroq

2018 yil 14 mart kuni — Navroʻz bayrami munosabati bilan oʻtkazilayotgan tozalik va obodonlashtirish kunlarida — Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida magistral yoʻlni tozalash ishlari davomida tumandagi 42-oʻrta maktab oʻqituvchisi, 23 yoshli Diana Yenikeyeva yoʻl-transport hodisasi oqibatida halok boʻlgan.

Prezident matbuot-kotibiga murojaat

Ushbu fojiadan  soʻng mahalliy nashrlardan biri hokimlar prezident kelishidan sal oldin asosan oʻqituvchilarni katta va kichik yoʻl yoqalariga chiqarib, tozalash ishlariga "majburlaydilar", degan savol bilan prezident matbuot-kotibidan ushbu hodisaga izoh berishni soʻradi.

Prezident matbuot-kotibi, Xalq taʼlimi oʻrinbosari, qolaversa Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani hokimligi mutasaddilari Diana Yenikeyeva bilan yuz bergan fojiaga oʻzlarining rasmiy munosabatlarini bildirdilar.

Ular tomonidan bu fojea ekanligi aytildi va Diananing oilasiga chuqur hamdardlik bildirildi.

Kattaqoʻrgʻon tumani xalq taʼlimi boshqarmasi hatto Diananing bu ishlarga majburan jalb qilinmaganligini aytishga majbur boʻldi.

Majbur boʻldi!

Chunki mahalliy OAVlarda boʻrttirib koʻrsatilayotgani kabi — hashar Oʻzbekistonda bu majburiy mehnat shakli emas, taʼkidlab oʻtmoqchiman — bu oʻzbek xalqining azaliy, ming yillik betakror anʼanalaridan biri.

Hamma ham nafaqat oʻz ust-boshi, turar joyi, balki oʻzi yashaydigan uy atrofini ham toza tutishi kerak.

Jamoa boʻlib oʻzi yashaydigan hududni toza tutish, obodonlashtirish singari goʻzal bir anʼana esa — xalqni jipslashtirishga, hamjihat boʻlishiga xizmat qiladi. Qolaversa, hashar — atrof-muhitni asrash uchun amalga oshiriladigan ishdir.

Diana — baxtsiz hodisa qurboni boʻldi, uning qismatida shu yozilgan ekan. Ammo bu hasharga chiqqan hammani ham Diananing qismati kutadi degani emas.

Navroʻz arafasida ham har bir tashkilot, har bir muassasa bu ommaviy tadbirda ishtirok etadi. 

Zamestitel predsedatelya Narodnogo obrazovaniye Alisher Sadullayev - Sputnik Oʻzbekiston
Vazir oʻrinbosari Alisher Saʼdullayev oʻqituvchilarni tinch qoʻyishga chaqirdi
Diana Yenikeyevaning ommaviy hashar tadbiridan oʻzini olib qochmagani, bosh tortmagani esa — uning vijdonli boʻlganidan dalolat beradi.

Dianani tozalash ishlariga hokimiyatning buyrugʻi emas, vijdoni olib chiqqan. U oʻzining fuqarolik burchini ado etishga chiqqan.

Ayrim nashrlar esa, endi davlat Diananing oilasiga qancha tovon puli toʻlashini hisoblar ekan, bunda ularning yashirin niyatlari boʻy koʻrsatmoqda.

Chunki keyingi xabarlarning mazmunini ham oldindan taxmin qilsa boʻladi: endi OAVlar Diananing oilasi kam olsa "ana kam beribdi", koʻp olsa "shuncha pulni nima qilarkin" degan mavzularda maqolalar yozib, oʻz mushtariylarini axborot bilan taʼminlaydilar.

Aytgancha, Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon hokimligi Diana Yenikeyeva fojeasi yuzasidan oʻz rasmiy bayonotini eʼlon qilgani yoʻq. Lekin, surishtiruv ishlari oʻz yakuniga yetishi bilan bu haqda rasman eʼlon qilishini maʼlum qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala