Madaniyat

Oʻzbek rejissyori filmi Turkiy filmlar festivalida qatnashadi

Festivalni oʻtkazishdan maqsad turkiy tilli mamlakatlar tomoshabinlari turkiy tilli davlatlar kinematografiyasining eng yaxshi yutuqlarini namoyish etish hamda ushbu mamlakatlar uchun oʻz kinobozorini tashkil etishdan iborat

TOSHKENT, 20 mar – Sputnik. Tataristonning Qozon shahrida boʻlib oʻtadigan Turkiy filmlar festivalida oʻzbekistonlik rejissyor oʻz filmi bilan qatnashadi. Bu haqda tatarkino.ru xabar berdi.

Krasnaya dorojka Kannskogo kinofestivalya: potselui, naryadы i Vudi Allen - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Kann kinofestivalida ilk bor Oʻzbekiston paviloni tashkil etiladi

Xabarda aytilishicha, shu yilning 21-25 mart kunlari Qozon shahrida ilk bor Turkiy filmlar festivali boʻlib oʻtadi. Unda Rossiya, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Ozarbayjon va Turkmanistondan kino sanʼati vakillari qatnashishadi. Oʻzbekistondan rejissyor Qamara Kamolova oʻzining "Osmonlar ostidagi yoʻl" filmi bilan ishtirok etadi.

Festivalni oʻtkazishdan maqsad turkiy tilli mamlakatlar tomoshabinlariga turkiy tilli davlatlar kinematografiyasining eng yaxshi yutuqlarini namoyish etish hamda ushbu mamlakatlar uchun oʻz kinobozorini tashkil etishdan iborat.

Festival koʻchma boʻlib, har yili turli mamlakatlarda oʻtkazish rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun, Qamara Kamolova 1938 yili Buxoro shahrida tugʻilgan. 1982 yilda "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi" unvoniga ega boʻlgan. "Achchiq danak", "Oʻzganing baxti", "Ertaga chiqasanmi?", "Nabiramiz militsiyada ishlaydi", "Boʻlmagan narsa haqida" kabi filmlar muallifidir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala