Video

"Meni sogʻindingizmi?": Britaniya TIV binosida Putin tasviri namoyon boʻldi

Tasvirda "Miss me?" ("Meni sogʻindingizmi?")degan yozuv chiqib turadi. Bu soʻzlar Britaniyaning "Sherlok" serialida detektivning yovuz dushmani Jim Moriarti tomonidan bir necha marta yangraydi

Tasvirda "Miss me?" ("Meni sogʻindingizmi?") degan yozuv chiqib turadi. Bu soʻzlar Britaniyaning "Sherlok" serialida detektivning yovuz dushmani Jim Moriarti tomonidan bir necha marta yangraydi.

Video mualliflari oʻz izohlarida Gʻarb "hamma narsada ruslar va Putin" aybdorligini taʼkidlab juda oddiy yoʻldan ketganligini qayd etishgan.

"Ruslar oʻzlarining kuchli yetakchilarini sevishadi va uni yana prezident etib saylashdi. Kelinglar, rus xalqining tanlovini hurmat qilaylik", — deyiladi rolikka izohda.

Avvalroq "Dunyoviy tartib-2018" filmi uchun bergan intervyusida Vladimir Putin Gʻarb OAVlari uni "dunyoning eng yovuz kishisi" deb atashlariga "allaqachon koʻnikib qolgani"ni aytgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala