Jamiyat

Toshkentdagi Navroʻz sayili haqida chet el diplomatlari taassurotlari

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnovaniye Navruza v Tashkente
Prazdnovaniye Navruza v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Bu yil Oʻzbekistonda Navroʻz ayyomi katta tantanalar bilan qarshi olindi. Birinchi marta Oʻzbekiston prezidenti ikkita shaharda xalq bilan birga ayyomni nishonladi

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Toshkentda bu yilgi Navroʻz tantanalari "Oʻzekspomarkaz"da boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus vakillari ham ishtirok etdilar.

"Jahon" AA muxbirlari bilan suhbatda chet el diplomatlari "Navroʻz" ayyomi haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar va barcha oʻzbekistonliklarga oʻz tabriklarini yoʻlladilar.

Anak Agung Gde Alit Santika, Indoneziyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi:

— "Navroʻz"ni nishonlash bosh manba, qadimiy anʼanalarga "qaytish" ramzini bildiradi. Bu kunlarda odamlar oʻzlarining yangicha kuch va quvvatga toʻlganliklarini his etadilar. Ularning qalbi "yosharadi". Bu tinchlik va omonlik, ezgulik va uygʻunlik tantana qilgan qilgan.

Navruz v Tashkente: yarko, solnechno i vkusno - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Assalom Navroʻz: Toshkent bahor bayramini qanday kutib oldi
 

Ochiq osmon ostida oʻtkazilayotgan xalq sayli ajoyib ob-havo hamohangligida haqiqiy bayram muhitiga shoʻngʻishga imkon berdi. Men hatto yangi — "sayil" soʻzini yodlab oldim, va endilikda bu soʻz menga hamisha odamlarning yorqin tabassumlari, ajoyib sumalak va palov tarovatini eslatib turadi.

Jakartada Oʻzbekiston tomonidan Indoneziyaga 30 kun muddatga vizasiz tartib joriy etilgani toʻgʻrisidagi xabarni katta ishtiyoq bilan qabul qilishdi. Sizning mamlakatingizning dam olish va sayohat, ayniqsa ziyorat-turizmidagi ulkan salohiyatini hisobga olganda, bu juda muhim qaror boʻldi. Biz Indoneziyadan Oʻzbekistonga shu yildanok turistik oqim sezilarli darajada oʻsishini kutmoqdamiz.

Guseyn Guliyev, Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi:

— Oʻzbekiston — noyob odamlar yashaydigan ajoyib mamlakat. Respublikada faoliyat olib borgan yillar davomida men uni yaxshi koʻrib qoldim. Bu yerda oʻzimni xuddi uyimdagidek his qilaman.

Prazdnovaniye Navruza v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bunaqasi boʻlmagan: Oʻzbekiston rahbari Sharqona Yangi yilni ikkita shaharda qarshi oldi

Navroʻzni nishonlash davrida hamma joyda obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Hatto eng injiq xoʻrandalarningda taʼbiga yoʻl topa oladigan taomlar tayyorlanadi. Bugungi tadbir yuqori darajada oʻtkazildi. Biz uchun tashkillashtirilgan sayil oʻzbek tarixi va madaniyati, xalqning urf-odatlari va anʼanalarini yanada chuqurroq anglashimizga imkon berdi.

Gyunter Overfeld, Germaniyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi

— Bu men uchun Oʻzbekistondagi birinchi Navroʻzdir. Shu bois, ajoyib tadbir davomida tomosha qiladigan narsalarim koʻp. Biz uchun  ahamiyatli sanani Oʻzbekiston xalqi bilan birgalikda nishonlash sharafdir. Fursantdan foydalanib, mamlakat aholisiga baxt va oʻz oldilariga qoʻygan maqsadlariga yetishishlarida muvaffaqiyat tilab qolaman.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonda tub oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Oʻzbekistonning ulkan salohiyatini hayotga tatbiq etish uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Germaniya xalqi va hukumati respublikani ushbu yoʻlda qoʻllab-quvvatlaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala