Jamiyat

Dushanbedagi koʻngilochar bogʻ ochilgan kuniyoq vayron qilindi

© © SputnikPark Dunyoi afsona posle otkrыtiya, arxivnoye foto
Park Dunyoi afsona posle otkrыtiya, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Dushanbeda "Afsonalar dunyosi" koʻngilochar bogʻi ochilgan kuniyoq attraktsionlar sindirildi

TOSHKENT, 21 mar — Sputnik. Dushanbeda Navroʻz bayrami munosabati bilan ochilgan "Afsonalar dunyosi" koʻngilochar-madaniyat majmuasi ochilganidan bir necha soat oʻtiboq, u yerdagi karusel va ertak qahramonlarining yarmidan koʻpi buzildi, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

"Ertalab soat 10da ish boshladik va bu paytda kirish darvozasi oldiga tumonat odam yigʻilgandi. Bir soatdan keyinoq yuradigan va ovoz chiqaradigan dinozavrlarning tishlari yoʻqoldi, ayrimlarining esa dumlari uzildi", — deb boshini changalladi park qoʻriqchisi.

Uning aytishicha, parkning 15 nafar xodimi odamlar oqimini boshqara olishmagan va zudlik bilan yana shuncha militsioner chaqirilgan. Ammo militsiya xodimlari ham olomonga qarshi hech narsa qila olishmagan va bir chetga oʻtib sigaret tutatib turavergan.

Soat 16ga kelib "Dunyoi afsona" xodimlari park darvozasini yopishga majbur boʻlishdi. Bu Dushanbe aholisida norozilik uygʻotdi.

Kattalar va bolalardan rejadan tashqari tanaffus tufayli sabr qilishlarini soʻrashdi – bu vaqtda ustalar guruhi vayron qilingan attraktsionlarni toʻgʻrilash bilan band edi.

"Tushunmayman, nega norozi boʻlishyapti, axir shularni deb ikki marta usta chaqirishimizga toʻgʻri keldi. Mana, qarang, katta navbat turibdi, biz esa ularni ichkariga qoʻyolmaymiz, ustalar uzilib tushgan detallarni joyiga qoʻyishyapti", — dedi qoʻriqchi.

Bu paytda "Afsonalar dunyosi"ga kirish darvozasi oldida jang davom etardi: qoʻriqchilar erkak va ayollardan Disney qoʻrgʻoni darvozasiga osilmaslikni va tartib saqlashni soʻrashar, odamlar esa ichkariga kirishga urinishardi.

Parkda singan attraktsionlardan tashqari, ahlat uyumi ham paydo boʻldi. "Afsonalar dunyosi" ochilganidan bir necha soat oʻtiboq atrof plastik paketlar, boʻsh plastik idishlar, salfetkalar va bir marta ishlatiladigan idishlarga toʻlib ketdi.

© © SputnikPark Dunyoi afsona posle otkrыtiya, arxivnoye foto
Park Dunyoi afsona posle otkrыtiya, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Park Dunyoi afsona posle otkrыtiya, arxivnoye foto

"Ular Navroʻz munosabati bilan attraktsionlar uch kun bepul ishlaydi deb bekor eʼlon qilishdi. Aynan mana shuni deb shuncha olomon paydo boʻldi. Toʻgʻrisini aytsam, buncha odam shunchalik iflos qilib tashlaydi deb oʻylamagandim. Buni koʻrganingdan keyin bayram kayfiyati ham yoʻqoladi. Dushanbeda mana shunday goʻzallikni yaratishga uringanlarga rahmim keldi. Afsuski, hamma ham buning qadriga yeta olmas va asray olmas ekan", — deydi bolalarini yetaklab olgan ayol.

© © SputnikPark Dunyoi afsona posle otkrыtiya, arxivnoye foto
Park Dunyoi afsona posle otkrыtiya, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Park Dunyoi afsona posle otkrыtiya, arxivnoye foto

Dushanbedagi "Dunyoi afsona" koʻngilochar-madaniyat majmuasi 19 mart kuni ochilgandi. Parkning ochilish marosimida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Dushanbe meri Rustam Imomali qatnashgandi.

Majmua Sadriddin Ayniy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi hududidagi 2,5 gektar maydonda joylashgan. Parkda 12 yoshgacha bolalar uchun moʻljallangan atrraktsionli 11 maydon bor. Bu yerda karusellar, voleybol, basketbol, mini-futbol va tennis maydonchalari ham qurilgan. Ammo harakatlanadigan va ovoz chiqaradigan ulkan dinozavrlar alohida eʼtiborni jalb etadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala