Siyosat

Juda muhim hujjat: Afgʻoniston boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov.Bumaga i ruchka
Bumaga i ruchka - Sputnik Oʻzbekiston
Afgʻoniston boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi 3 ta asosiy tamoyillarni oʻz ichiga oladi

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Afgʻoniston boʻyicha xalqaro anjuman yakunida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi.

Pervыy zamestitel predsedatelya Senata Oliy Majlisa Sadыk Safayev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Sodiq Safoyev: Toshkent jarayoni boshlanmoqda

Bu haqda dushanba kuni simpoziumlar saroyida boʻlib oʻtgan tadbirda matbuot xizmati rahbari Sherzod Qudratxoʻjayev xabar qildi.

Hujjat quyidagi tamoyillarni oʻz ichiga oladi:

1.      Afgʻon xalqi oʻz taqdirini oʻzi hal qilishi kerak;

2.      Qurollangan oppozitsiya Afgʻoniston siyosiy jarayoniga intergratsiya qilishi lozim;

3.      Terrorizm va transmilliy terrorizm butun dunyoda tinchlik uchun umumiy tahdid sifatida qaraladi.

Deklaratsiya kuni kecha batafsil muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Toshkent anjumani - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Toshkent anjumanida kimlar ishtirok etadi

Eslatib oʻtamiz, 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Afgʻoniston boʻyicha xalqaro anjumanning tantanali ochilish qismida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani chiqish qilishi kutilmoqda.

23 mart holatiga koʻra, anjumanda ishtirok etish taklifini quyidagilar tasdiqlaganlar: BMTning Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Tadamichi Yamamoto, BMT Bosh kotibining maxsus vakili — MOPDMM rahbari Natalya German, Yevrokomissiya vitse-prezidenti, Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Federika Mogerini, Rossiya, Turkiya, Pokiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston TIV rahbarlari, Hindiston Tashqi ishlar masalalari davlat vaziri, AQSH, Xitoy, Eron, Saudiya Arabistoni va Turkmaniston tashqi ishlar muassasalari rahbarlari oʻrinbosarlari, Buyuk Britaniya, Germaniya. Italiyaning Afgʻoniston va Pokiston boʻyicha boʻyicha maxsus vakillari, Yaponiya TIV maxsus maslahatchisi, Qatar TIVning maxsus elchisi.

Shuningdek, NATO, ODKB, Frantsiya va Birlashgan Arab Amirliklaridan oliy martabali delegatsiyalar ishtirokini kutmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala