Iqtisod

Import mahsulotlarni majburiy inspektsiya qilish tartibi bekor qilindi

© Sputnik / Stanislav Savin / Fotobankka oʻtishTransportno-logisticheskiy kompleks
Transportno-logisticheskiy kompleks - Sputnik Oʻzbekiston
Import tovarlar joʻnatish oldidan oʻtkaziladigan majburiy inspektsiyadan ozod qilinadi, ularning shartnomaga muvofiqligi uchun importyor korxona rahbari javob beradi.

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Tashqi savdoni rivojlantirishga xalal berayotgan gʻov va toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadida prezident qarori qabul qilindi, deb xabar qilmoqda “Jahon” axborot agentligi.

Yangi qaror qabul qilishdan asosiy maqsad, tadbirkorlik subʼyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda keng ishtirok etishi uchun teng va qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, savdo operatsiyalarini amalga oshirishda ortiqcha toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish, deyilgan qaror matnida.

Punkt tamojennogo oformleniya na granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
1 oktyabrdan qator mahsulotlarga import bojlari va aktsiz soliqlari kamaytiriladi

Qarorning birinchi bandida aytilishiga koʻra, Oʻzbekistonga import qilinayotgan tovarlarni yuklashdan oldin majburiy inspektsiyadan oʻtkazish tartibini bekor qiladi. Inspektsiya ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, bundan buyon import qilinayotgan mahsulotlar sifati, miqdori va narxlarini import shartnomasiga muvofiqligi hamda davlatga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik — import qiluvchi korxonalar mansabdor shaxslari zimmasiga yuklanadi. 

Import shartnomalarini “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda (Markaz) roʻyxatdan oʻtkazadi.

Uchastok oxlajdeniya, zamorozki i xraneniya myasa. - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Import qilinadigan goʻsht va jonivorlar qoʻshimcha qiymat soligʻidan ozod qilindi

Bojxona organlari olib kelingan va bojxona koʻrigidan oʻtgan mahsulotlar uchun toʻlangan boja va soliqlar haqida maʼlumotlarni elektron shaklda Markazga yuboradi.

Davlat organlari va tashkilotlariga, tijorat banklariga yuk ortishdan oldin tekshiruvchi inspektsiya organini import qiluvchilarga tavsiya berish taqiqlanadi.

Bundan buyon tovarlar yoki xizmatlar boʻyicha oʻtkazilayotgan davlat tender tanlovlari ham Prezident huzuridagi “Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” tomonidan tekshirilgan va oʻz sohasida ixtisoslashgan tashkilotlar orasida oʻtkaziladi.

Bir oy muddat ichida ana shunday tanlovlarda ishtirok etishi mumkin boʻlgan tashkilotlarga qoʻyiladigan talablar roʻyxati ishlab chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala