Sport

Ravshan Ermatov va uning brigadasi JCH-2018da hakamlik qiladi

© Flickr / Crazy_AhlawiUzbekskiy arbitr Ravshan Irmatov
Uzbekskiy arbitr Ravshan Irmatov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonlik FIFA referisi, Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami Ravshan Ermatov jahon chempionatlarida hakamlik qilish boʻyicha dunyo rekordi sohibi hisoblanadi

TOSHKENT, 30 mar – Sputnik. FIFA Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionatida ishlaydigan hakamlar roʻyxatini eʼlon qildi. Ular safidan oʻzbekistonlik hakam Ravshan Ermatov ham oʻrin olgan. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.

Referi Ravshan Ermatov - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Ravshan Ermatov Rossiyada Konfederatsiyalar Kubogi oʻyinlarida hakamlik qiladi

Rossiyadagi mundialda Ravshan Ermatovga yordamchilari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi.

FIFAning Hakamlar qoʻmitasi eʼlon qilgan roʻyxatga jami 36 nafar bosh hakam va 63 nafar yon hakam kiritilgan.

Oʻzbekistonlik FIFA referisi, Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami Ravshan Ermatov jahon chempionatlarida hakamlik qilish boʻyicha dunyo rekordi sohibi hisoblanadi. U 2010 va 2014 yilgi Jahon chempionatlarida jami 9ta oʻyinda bosh hakamlik qilgan. Endilikda Rossiyada boʻlib oʻtadigan uchrashuvlarda ham Ravshan Ermatov hakamlik qiladigan boʻlsa, uning rekordini yaqin orada hech kim yangilay olmasligi aniq.

Ravshan Ermatov "Buyuk xizmatlari uchun" va "El-yurt hurmati" ordenlari va "Oʻzbekiston iftixori" koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala