Hodisalar

Domodedovoda Oʻzbekistondan kelgan radioaktiv posыlka aniqlandi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Fotobankka oʻtishOtrabotannoye yadernoye toplivo
Otrabotannoye yadernoye toplivo - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Pochta yuklari orasida gamma-nur tarqatishi meʼyoridan 10 baravar koʻp boʻlgan joʻnatma borligi aniqlandi.

TOSHKENT, 2 apr — Sputnik. Rossiya Federal Bojxona xizmati va Rossiya pochta xizmati xodimlari Domodedovo aeroportida Oʻzbekistondan kelgan radioaktiv pochta joʻnatmasini aniqlashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Yuklarni tekshirish vaqtida, "Yantar" maxsus asbobi pochta joʻnatmalaridan biri meʼyoridan 10 baravar kuchli gamma-nurli radiatsiya chiqarayotganini koʻrsatgan. Xavfli buyum darhol maxsus himoya konteyneriga solingan.

Keyinchalik FGUP "Radon" xodimlari tomonidan aniqlanishiga koʻra uning ichida havo bosimini oʻlchaydigan barometr borligi aniqlangan. Shundan soʻng xavfli posыlka utilizatsiya qilingan.

"Ushbu joʻnatmani yuborgan shaxslar haqida maʼlumot ichki ishlar organlarga yuborilgan. Pochta joʻnatmalari xavfsizligi masalasi oʻta muhim", — deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0