Samarqand hokimi: endi soliqlar o‘zimizda qoladi

© Sputnik / Mixail GenisVyezd v gorod Samarkand
Vyezd v gorod Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati hokimi tadbirkorlikni rivojlantirish, boshqa viloyatlarga oqib ketayotgan soliqlarni qaytarish va yangi ish o‘rinlari yaratish haqida gapirdi.

TOShKENT, 2 apr – Sputnik. Kecha 1-aprel kuni Samarqand viloyati Tadbirkorlarga ko‘maklashish markazida viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayev ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi.

Majlisda viloyat hokimi Jahon banki, Islom rivojlanish banki va boshqa halqaro moliya institutlari tomonidan Samarqand viloyati uchun 450 million dollar mablag‘ ajratilganini va ushbu mablag‘lar bog‘dorchilik, chorvachilik, ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishni niyat qilgan tadbirkorlarga imtiyozli keradit shaklida beriladi.

Jenshina polet travu - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatini obodonlashtirish jamg‘armasi tashkil etiladi - Prezident qarori

Turobjon Jo‘rayev aytishiga qaraganda, tadbirkorlarni rivojlantirish va ko‘rilayotgan boshqa choralar natijasida 2018-yilning o‘zida Samarqand viloyatida 120 ming ish o‘rinlari yaratiladi.

“Viloyatimizda 3,715 ming aholi  yashaydi. Rasman 95 ming kishi ishsiz. 2018-yilning o‘zida 120 ming ish o‘rinlari yaratamiz, bu qat’iy reja. Bu borada barcha sektorlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilgan. Mana ko‘rasizlar, kelasi yil ish izlab boshqa mamlakatlarga chiqib ketgan yoshlarimiz ham qaytib kelishadi. Hammani ish bilan ta’minlaymiz!”, — dedi viloyat hokimi.

Undan tashqari hokim o‘z faoliyatini Samarqand viloyati hududida olib borib, lekin milliardlab soliqlarni Toshkent shahriga yoki boshqa viloyatlar g‘aznasiga to‘layotgan korxonalarga ham e’tibor qaratdi.

“British-Amerikan-Tobakko” kompaniyasi Urgut tumani aholisiga tamaki ektirib, uni Farhod shaharchamizda sigaret qilib, yiliga 600 milliard so‘m miqdoridagi soliqni Toshkent shahridagi bir tumanga to‘laydi. Samarqand choy qadoqlash fabrikasi 100-yildan beri Samarqandda faoliyat yuritib, u ham 40 millard so‘m solig‘ini Toshkent shahridagi bir tumanga to‘laydi. Nurobod, Qo‘shrabot, Paxtachi tumanidagi konlar o‘z solig‘ini Navoiy viloyatiga to‘laydi, umuman, viloyatda ishlab, boshqa shaharlarga to‘lanadigan soliq bir trillion yetti yuz milliard so‘m ekan. Men prezidentdan ana shu soliqlar o‘zimizga to‘lanishini ta’minlab berishini iltimos qildim va iltimosim ijobiy hal qilindi”, − dedi Turobjon Jo‘rayev.

Viloyat hokimi aytishiga qaraganda, soliqlari boshqa viloyatlarga oqib ketayotgan mana shu tumanlar davlat dotatsiyasida ekanini ham aytib o‘tdi.  

“Eng qizig‘i, ana shu Nurobod, Qo‘shrabot, Paxtachi tumanlari dotatsiyada o‘tirishibdi. Endi u tumanlardagi korxonalar solig‘i o‘sha tumanlarning o‘zida qoldirilsa, dotatsiyadan ham chiqishadi, rivojlanib ham ketishadi”, — deb ishon bildirdi hokim.

Mahalliy OAVlar xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0