Jamiyat

Tojikiston Oʻzbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Fotobankka oʻtishLinii elektroperedach.
Linii elektroperedach. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Joriy yilda Tojikiston Oʻzbekistonga 1,5 milliard kVt/s elektr energiya eksport qiladi. Tojikiston elektr energiyasi har bir kilovattning narxi - 2 tsent.

TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Tojikiston kuni kecha, 2 aprelda 10 yillik tanaffusdan soʻng Regar (Tojikiston) nimstantsiyasidan Oʻzbekistonga elektr energiyasini eksport qilishni boshladi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston Tojikiston telegraf agentligiga tayangan holda.

Linii elektroperedach (LEP) - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
"Oʻzbekenergo" Afgʻoniston uchun yangi elektr uzatish liniyasi qurishni boshladi

Ushbu jarayon mahalliy vaqt bilan soat 17:05 da 220 kV liniyasi boʻyicha boshlandi. Xabarlarga koʻra, boshlangʻich bosqichda sutkalik eksport miqdori 672 ming kVt/s ni tashkil qiladi. Keyinchalik eksport hajmi koʻpaytiriladi.

Joriy yilda Tojikiston Oʻzbekistonga 1,5 milliard kVt/s elektr energiya eksport qilish rejalashtirilgan. Tojikiston elektr energiyasi har bir kilovattning narxi — 2 tsent.

Shuningdek, hozirgi vaqtda Tojikistondan Oʻzbekistonga elektr energiyani yetkazish hajmini koʻpaytirish maqsadida 220 kV quvvatli ikkinchi elektr uzatish liniyasi tayyorlanmoqda.

Tojikistonda har bir sutkada 37 million kVt/s elektr energiya ishlab chiqariladi. Ulardan 284 ming kVt/s Afgʻonistonga eksport qilinadi. Bir kVt/s narxi 4 tsentdan koʻp. Tojikiston shu yilda Afgʻonistonga elektr energiyani eksport hajmini 200 million kVt/s ga koʻpaytirish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0