Jizzaxda ikki "Neksiya" to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Ilya PitalevDTP, arxivnoe foto
DTP, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtoto‘qnashuv natijasida har ikki mashina butunlay yonib ketgan

TOShKENT,5 apr – Sputnik. Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan to‘qnashuv oqibatida ikkita avtomobil yonib ketdi, sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 4-aprel kuni soat 12.40larda Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida A.Mamadiyev boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli avtomashinani "Jizzax-Gagarin" 4R-35 yo‘lining 49-km.da haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan S. Yorqulov boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Avtoto‘qnashuv oqibatida har ikki mashina butunlay yonib ketgan.

Dastlabki aniqlangan holatlar natijasida, A.Mamadiyev va uning yo‘lovchilari –J.Axrorov, R.Otaboyev hamda S.Yorqulov va uning yo‘lovchilari –L.Alibekov, N.Qurbonova, O.Abdullayeva, F.Shermatovlar voqea joyida halok bo‘lganlar.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida halok bo‘lganlarning shaxsiga taalluqli boshqa ma’lumotlarga aniqlik kiritilayotganligi bildirilgan.

Yangiliklar lentasi
0