Urganchlik talaba piyoz va anor chiqindilaridan bo‘yoq olish usulini ixtiro qildi

© Sputnik / Asatur YesayansGranat
Granat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Urganch Baxmal" tekstil korxonasi talabaning ixtirosiga qiziqish bildirdi

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Urganch Davlat universitetining birinchi kurs talabasi K.Saparbayev piyoz va anor chiqindilaridan bo‘yoq olish usulini ixtiro qildi. bu haqda O‘zLiDeP Xorazm viloyati kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonlik olimlar sho‘r yerlarni yuvish usulini ixtiro qilishdi

Xabarda aytilishicha, O‘zLiDeP Xorazm viloyati kengashi “Tadbirkorlik va ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalarning roli” mavzuyida seminar trening tashkil etdi. Seminarda talaba o‘zining “Meva-sabzavot chiqindilarini qayta ishlash biotexnologiyasi va uning ekologik xususiyatlari” deb nomlangan innovatsion loyihasini taqdim etdi.

Saparboyev ilmiy rahbari bilan birgalikda piyoz va anor chiqindilaridan to‘rt xil rangdagi bo‘yoq olish usulini ixtiro qildi.

Seminarda qatnashgan "Urganch Baxmal" tekstil korxonasi talabaning ixtirosiga qiziqish bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0