Afg‘onistondan 29 kilogramm opiy moddasini olib o‘tib, pullayotgan shaxs qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Afg‘onistonlik fuqaro O‘zbekistonga 29 kilogrammdan ziyod “opiy” giyohvandlik moddasini olib o‘tib, yetti ming besh yuz AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ushlangan

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida 29 kilogrammdan ziyod opiy giyohvandlik moddasini olib o‘tib pullayotgan Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV.

Xabarda aytilishicha, chet ellik og‘ufurushni qo‘lga olish uchun O‘zbekiston IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Giyohvandlik vositalari bilan qonunga hilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi va O‘zbekiston Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qo‘shinlari xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Natijada, Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarosi Farob viloyati Maymana shahri Novobod qishlog‘ida yashovchi 1973-yilda tug‘ilgan Xolmuhammad G‘ulom o‘g‘li Afg‘oniston Islom Respublikasi hududidan umumiy og‘irligi 29 kilogramm 29 gr. bo‘lgan “opiy” giyohvandlik moddasini olib o‘tib, yetti ming besh yuz AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Yangiliklar lentasi
0