Amerikalik Toshkentda yo‘lovchini urib ketdi: ayol kasalxonada vafot etdi

© Sputnik / StringerMashina skoroy pomoshi v Tashkente
Mashina skoroy pomoshi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hodisa Toshkent shahri Yunusobod tumanida, "Qozog‘iston" kinoteatri yaqinida ro‘y bergan

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. AQSh fuqarosi Toshkentda yo‘lovchini urib ketdi. Ayol kasalxonada hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Hodisa Toshkent shahrining Yunusobod tumanida "Qozog‘iston" kinoteatri yaqinida yuz bergan.

1993 yilda tug‘ilgan amerikalik, texaslik tadbirkor "Kaptiva" avtomobilini boshqargan. U Amir Temur shoh ko‘chasida piyodalar yo‘lagini kesib o‘tayotgan ayolni bosib ketgan. Jabrdiydaning yoshi 33daligi aytilmoqda.

Toshkent IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, jarbdiyda bosh-miya jarohati bilan kasalxonaga olib borilgan. Olingan jarohatlar oqibatida ayol tibbiyot muassasasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Ayni vaqtda ushbu fakt yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. Haydovchi hibsga olinganligi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0