Dunyoda

Times "Novichok" moddasi taxminan qayerda ishlab chiqarilganini maʼlum qildi

© REUTERS / Henry NichollsSotrudniki ekstrennыx slujb v zaщitnoy odejde rabotayut vozle skameyki, gde v Solsberi nashli otravlennыx bыvshego rossiyskogo razvedchika Sergeya Skripalya
Sotrudniki ekstrennыx slujb v zaщitnoy odejde rabotayut vozle skameyki, gde v Solsberi nashli otravlennыx bыvshego rossiyskogo razvedchika Sergeya Skripalya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Nashr xabariga koʻra, gap Saratov viloyatida joylashgan kimyoviy laboratoriya haqida bormoqda

TOSHKENT, 6 apr — Sputnik. Britaniya maxsus xizmatlari Razvedka bosh boshqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripalni zaharlashda foydalanilgan modda qayerda ishlab chiqarilgani haqida oʻzlarining taxminlarini maʼlum qilishdi, deb xabar bergan Times nashri.

Nashr xabariga koʻra, gap Saratov viloyatida joylashgan kimyoviy laboratoriya haqida bormoqda. Bunda gap Shixani shahridagi harbiy ilmiy-tadqiqot instituti haqida bormoqda.

Sotrudniki ekstrennыx slujb i politsii vo vremya rabotы na Londonskom dorojnom kladbiщe v Solsberi, gde poxoronenы jena i sыn bыvshego rossiyskogo shpiona Sergeya Skripalya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Rossiya 1" Yuliya Skripalning opasi bilan suhbatini eʼlon qildi
Xabarga koʻra, London oʻz ittifoqdoshlariga Sergey Skripalning zaharlanishida Moskvaning qoʻli borligini isbotlash va ularni Rossiyaga qarshi sanktsiyalarga qoʻshilishga ishontirish uchun ushbu maʼlumotni brifingda taqdim etgan.

Nashr taʼkidiga koʻra, ushbu majlis yakuniga koʻra 28 mamlakat 150 nafar rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishgan.

"Skripal ishi"

Britaniyaning Solsberi shaharchasida 4 mart kuni britaniyalik josus Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edi.

Britaniya tomon Skripallarning A234 moddasi bilan zaharlanishida Rossiyaning aloqasi borligini taʼkidlamoqda. Rasmiy Moskva buni qatʼiy inkor etib kelmoqda. Oʻtgan haftada Yevropa ittifoqining qator mamlakatlari, shuningdek, AQSH, Kanada, Norvegiya, Ukraina va baʼzi boshqa davlatlar Solsberidagi hodisa tufayli rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish qarorini qabul qildilar. Moskva xuddi shunday javob choralarini qoʻlladi.

Shu kunlarda Britaniya Rossiya tomonning Solsberidagi hodisa boʻyicha birgalikda surishtiruv oʻtkazishi haqidagi taklifini rad etdi. London shuningdek Moskvaga Sergey Skripal va uning qizi bilan aloqaga imkon qoldirmayapti.

Britaniya Mudofaa vazirligi maxfiy laboratoriya rahbari 3 aprel kuni Sky Newsga bergan intervyusida ekspertlar "Novichok" moddasining kelib chiqish manbaini aniqlay olmaganliklari haqida bayonot bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0