Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat xavfsizlik xizmati davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘z faoliyatini maxsus vositalar, shakllar va uslublar bilan amalga oshiradigan maxsus vakolatli davlat organidir.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi Qonunni imzoladi.

ruki naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
DXX raisi Abdullayev buzg‘unchi siyosiy kuchlar faollashuvi kuzatilayotganini aytdi

Unga ko‘ra, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmati (DXX)ga o‘zgartirilgan. Qonun matni mahalliy nashrlarda e’lon qilindi.
Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 15-martda qabul qilinib, Senat tomonidan 2018-yil 29-martda ma’qullangan.

"Davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boshqa davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdan, qonuniylikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta’minlashdan, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmatining vakolatiga kiritilgan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berishdan iborat", — deyilgan qonunda.

Qonun talablariga ko‘ra, DXX bevosita O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga bo‘ysunadi va unga hisobdordir.

Qonunda ilk bor kontrrazvedka faoliyati, razvedka faoliyati tushunchalariga ta’rif berilgan.

Qonun DXXning harbiy xizmatchilari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus kuch va vositalarni, o‘qotar qurolni qo‘llash, ular tomonidan tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan foydalanish tartibini belgilab beradi.

Shuningdek, DXXga ko‘maklashayotgan shaxslarga munosabatlarning maxfiyligi kafolatlanadi. DXXga maxfiylik asosida ko‘maklashayotgan (ko‘maklashgan) shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat sirini tashkil etadi va oshkor qilinishi mumkin emas.

Yangiliklar lentasi
0