Oʻzbek-qirgʻiz chegarasidagi hodisa: Oʻzbekiston tomon huquqbuzar ogohlantirilganini aytmoqda

© Sputnik / Yegor YeremoPogranichniki na slujbe
Pogranichniki na slujbe - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston davlat chegarasi xizmati qirgʻizistonlik tomonidan sodir etilgan chegara huquqbuzarligi yuzasidan tafsilotlarni oshkor qildi

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Qirgʻiziston fuqarosi Oʻzbekiston chegarasini noqonuniy ravishda kesib oʻtdi, unga qarata oʻt ochilgan vaqtda u Oʻzbekiston hududida boʻlgan.

Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga kuch tuzilmalaridagi manba xabar qildi.

Manba maʼlumotlariga koʻra, chegarani buzgan shaxsga dastlab ogohlantirish berilgan, soʻngra havoga oʻq uzilgan, ammo u toʻxtamagan va kamiga harbiylardan qocha boshlagan.

Pogranichnik na uchastke granitsы - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbek-qirgʻiz chegarasida otishma oqibatida bir kishi halok boʻldi
"Boʻysunmaslik holatidan soʻng chegarachilar unga qarata oʻq uzdilar. U Qirgʻiziston hududigacha yugurib bordi va oʻsha yerda uni kutib turgan sheriklari mashinaga solib, kasalxonaga olib ketishdi", — dedi manba.

Chegara oldi hududiga qaysi maqsadlarda kirishga urinilgani hozircha nomaʼlumligicha qolmoqda.

Qirgʻiziston tomonga koʻra, Qurulush qishlogʻi yashovchisi, 1984 yilda tugʻilgan F.M oʻzbek chegarachilari unga qarata oʻt ochishgan vaqtda u Qirgʻiziston territoriyasida boʻlgan.

Olingan jarohatlardan F.M. Kerben shahri kasalxonasida vafot etgan.

Ushbu hodisa kuni kecha, 7 aprel kuni sodir boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala