Dunyoda

Germaniyada ruhiy kasal odam yuk mashinasini odamlar ustiga haydadi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishAktsiya neonatsistov v Berline v godovщinu smerti R. Gessa
Aktsiya neonatsistov v Berline v godovщinu smerti R. Gessa - Sputnik Oʻzbekiston
Myunster shahrida kichik yuk avtomobili restoran oldida turgan odamlar ustiga yurib ketishi oqibatida 3 kishi qurbon boʻldi, 20dan ortiq kishi jarohatlandi.

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Germaniyaning Myunster shahrida ruhiy kasal kishi yuk avtomobilini odamlar ustiga haydadi, deb xabar qilmoqda Sputnik Germaniya nashri.

“7 aprel kuni soat 17:46 atrofida kichik yuk avtomobili (pikap) “Kiepenkerl” restorani oldida turgan bir gurux  odamlar ustiga haydalgan. Oqibatda uch kishi qurbon boʻlgan 20dan ortiq odam turli jarohatlar olgan. Ular orasida ogʻir jarohatlanganlar ham bor”, — deyilgan politsiya xabarida.

Ushbu hodisa oldin ID terrorchilari tomonidan Yevropa hududida amalga oshirilgan teraktlarga oʻxshash boʻlsada,  politsiya uni terakt deb atashga shoshilmayapti. Ayni damda Yuk mashinasini haydagan kishi Myunsterlik 48 yoshli ruhiy kasal shaxs boʻlgani aniqlangan. U oldin ham bir necha bor oʻz joniga qasd qilshga uringani maʼlum.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala