Iqtisod

Oʻzbekiston Tojikistonga gaz yetkazib berishni boshladi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishVentil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stantsii
Ventil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stantsii - Sputnik Oʻzbekiston
Olti yillik tanaffusdan soʻng Oʻzbekiston Tojikistonga gaz yetkazib berishni boshladi. Tabiiy gaz birinchi navbatda gaz chegara oldi hududlariga hamda sanoat korxonalaria yetkazib beriladi.

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Tojikistonga tabiiy gaz yetkazib berishni boshladi, deb xabar qilmoqda "Uzbekistan 24" telekanali.

Qoʻshni mamlakatga gaz yetkazib berish haqidagi shartnoma Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga boʻlgan safari vaqtida imzolangan edi.

Gazovaya komforka - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston Tojikistonga 15 million dollarlik gaz yetkazib beradi

Shartnomaimzolanganidan soʻng gaz yetkazib berish tizimi juda qisqa vaqt ichida qayta tiklandi. Dastlabki bosqichda gaz qoʻshni mamlakatning chegara oldi hududlari hamda yirik sanoat korxonalariga yetkazib beriladi.

Eslatib oʻtamiz, Tojikistonga gaz yetkazib berish 2012 yilda toʻxtatib qoʻyilgan edi. "Tojiktransgaz" va "Oʻztransgaz" kompaniyalari orasida imzolangan shartnomaga koʻra, 2018 yilda Tojikistonga 15,1 mln dollar eavaziga 126 mln metr kub gaz yetkazib beriladi. Tabiiy gaz oʻtkazish quvvati soatiga 125 ming metr kub boʻlgan  "Muzrabod — Dushanbe" quvuri orqali yetkazib beriladi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala