Iqtisod

Oʻzbekiston pochtasi “Tezkor pochta” xizmatini yoʻlga qoʻydi

“Tezkor pochta” xizmati hujjat va posilkalarni Oʻzbekiston ichida 48 soat davomida yetkazib berishni, Toshkentdan viloyat markazlarigacha esa - 24 soat ichida yetkazib berishni kafotlatlaydi.

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Oʻzbekiston milliy pochta aloqa operatori “Tezkor pochta” yangi xizmat turini joriy qildi, deb xabar qilmoqda AJ rasmiy sahifasi.

Moskvada Pochta Rossii boʻlimi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Migrantlar “Pochta Rossii” orqali pul oʻtkazishi mumkin

Yangi xizmat turi ushbu yilning 10 aprel kunidan boshlab ishga tushadi. Dastlabki bosqichda “Tezkor pochta” Milliy operator saytida roʻyxati keltirilgan 15 aloqa punktlarida ishga tushadi.

“Tezkor pochta” xizmati hujjat va posilkalarni Oʻzbekiston ichida 48 soat davomida yetkazib berishni, Toshkentdan viloyat markazlarigacha esa — 24 soat ichida yetkazib berishni kafotlatlaydi. Joʻnatma yetkazib berilgani haqida mijozlar telefon orqali xabardor qilinadilar.

Hujjatlarni joʻnatish  

  • 0,5 kilogramgacha vaznli posilka uchun – 5000 soʻm,  havo transportida — 5500 soʻm;
  • 0,5 – 1,0 kg vaznli posilka uchun – 7000 soʻm,  havo transportida — 8000 soʻm;

Posilka joʻnatmalari

  • 1,0 kg vaznli posilka uchun – 7000 soʻm  
  • Qoʻshimcha har bir kg uchun yer transportida + 2000 soʻm, havo transportida + 4000 soʻm.

“Tezkor pochta” joʻnatmalarida “Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalari”ga muvofiq ichki pochta joʻnatmalari uchun belgilangan hujjatlarni, ish qogʻozlarini va xalq isteʼmoli mollarini joʻnatishga yoʻl qoʻyiladi.

“Tezkor pochta” xizmati yoʻlga qoʻyilgan aloqa punktlari roʻyxati va manzillari hamda joʻnatmalarni yetkazib berish batafsil vaqtlari bilan “Oʻzbekiston pochtasi” sahifasida batafsil tanishing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala