Mirziyoyev rahbarligidagi O‘zbekiston navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi

Obuna bo‘lish
"Barcha yurtdoshlarimizni tabriklayman va yangi muvaffaqiyatlar tilayman!", - deb yozgan Feysbukdagi sahifasida prezident matbuot-kotibi Komil Allamjonov

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. "Eng yaxshi investitsion loyiha" nominatsiyasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi g‘olib bo‘ldi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-kotibi Komil Allamjonov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Allamjonovning xabar berishicha, 2018-yil 9-aprel kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida an’anaviy Annual Investment Meeting (AIM) xalqaro investitsiyaviy forumi doirasida "AIM 2018 Investment awards" mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

"2017 yilda Markaziy Osiyo, Kavkaz va Rossiya mintaqasidagi eng yaxshi investitsion loyiha" nominatsiyasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi g‘olib bo‘ldi. Bu Prezidentimizning investitsiyaviy muhitni yaxshilash borasidagi islohotlarining xalqaro e’tirofi va bahosidir. Barcha yurtdoshlarimizni tabriklayman va yangi muvaffaqiyatlar tilayman!", — deb yozadi prezident matbuot-kotibi.

Yangiliklar lentasi
0