Dunyoda

AQShda "Qiyomat kuni" samolyoti havoga koʻtarildi

© David B. GleasonShtab-kvartira Ministerstva oboronы SSHA
Shtab-kvartira Ministerstva oboronы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
E-4B samolyotining "Qiyomat kuni" deb nomlanishi sababi shundaki, quruqlikdagi boshqaruv tuzilmalari barbod qilingan yoki zararlantirilgan taqdirda, undan yadroviy mojaro sharoitida buyruq berish punkti sifatida foydalanish mumkin

TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. AQSH "Qiyomat kuni" samolyoti deya tanilgan E-4B Nightwatch havo kemasini osmonga koʻtardi. Bu fakt CivMilAir monitoring resursi tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarda oʻz ifodasini topgan, deb yozadi RIA Novosti.

Xaritada havo kemasi Indiana shtati osmonida ekani koʻrinib turibdi.Airborne from Wright-Patterson?!

​E-4B samolyotining "Qiyomat kuni" deb nomlanishi sababi shundaki, quruqlikdagi boshqaruv tuzilmalari barbod qilingan yoki zararlantirilgan taqdirda, undan yadroviy mojaro sharoitida buyruq berish punkti sifatida foydalanish mumkin.

Bort havoda zapravka qilinishi sharti bilan bir hafta osmonda uchishi mumkin. E-4B samolyotiga oʻrnatilgan uskuna atom bombasining zararlantiruvchi omillaridan himoya qilingan.

Ushbu samolyot havoga qaysi sabab bilan koʻtarilgani haqida maʼlumot yoʻq. OAVlar maʼlumotlariga koʻra, E-4B samolyoti xuddi "yadroviy chemodan"li adʼyudant singari AQSH prezidentiga baʼzi xorijiy safarlarida hamrohlik qilar ekan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala