Madaniyat

Kelasi yildan haydovchilik guvohnomalari maktablarda berilishi mumkin

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishV Rossii nachali vыdavat voditelskiye udostovereniya novogo obraztsa
V Rossii nachali vыdavat voditelskiye udostovereniya novogo obraztsa - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi ishlab chiqilgan qonun loyihasiga koʻra 18 yoshga toʻlgan, maxsus oʻquv kurslarini tugatgan va imtihondan oʻtgan fuqarolarga “A” yoki “V” kategoriyali haydovchilik guvohnomalari berilishi mumkin.

TOSHKENT, 11 apr – Sputnik. Oʻzbekiston IIV 2018-2022 yillarda tadbiq etiladigan yangi “Yoʻl-harakati xavsizligi kontseptsiyasi”ni ishlab chiqdi. Ayni damda ushbu hujjat Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida joylashtirilgan.

Voditelskoye udostovereniye - ID-karta - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Haydovchilik guvohnomalarini almashtirish qayta boshlandi

Kelasi yilning birinchi choragida barcha umumtaʼlim maktablarida “Yoʻl-harakati xavfsizligi” majburiy darsi kiritiladi. Ushbu darslar bolalar yoshini hisobga olgan holda, 7-11, 11-14 va 14-18 yoshli bolalar uchun alohida oʻtiladi. Eng yosh bolalar uchun darsning asosiy qismini YHXQ amal qilish va fuqaroning umumiy huquqiy taʼlimotiga qaratilgan boʻladi.

Shuningdek, oʻquv muassasalarida 18 yoshga toʻlgan,  oʻquv-kurslarini tugatgan va imtihondan oʻtgan fuqarolarga “A” yoki “V” kategoriyali haydovchilik guvohnomalari berish imkoniyati ham oʻrganib chiqilmoqda.  Buning uchun har bir tumanda maxsus avtoshaharchalar tashkil qilinib, u yerda bolalarga yoʻl-harakati qoidalari, velosipedda harakatlanish hamda yoʻlni kesib oʻtish tartib qoidalari oʻrgatiladi.

Qonun loyihasida, shuningdek, yil davomida “Yoʻl-harakati xavfsizligi” fani boʻyicha oʻqituvchilar tayyorlash ham nazarda tutilgan.

Undan tashqari, maktab va kollej oʻquvchilari orasida yil davomida “Yashil chiroq”, “Yoʻl-harakati qoidalari bilimdoni”, “Namunali piyoda” kabi viktorinalar tashkil qilish rejalashtirilmoqda.

Teoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
IIV haydovchilik guvohnomasi berishning yangi tartibini eʼlon qildi

Kontseptsiyada, shuningdek, oʻquvchilar, talabalar va aholining yoʻl-harakati qoidalaridan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan boshqa choralar ham aytib oʻtilgan. Xususan, ijtimoiy videlavhalar namoyish etish, sotsial reklama plakatlari tarqatish kichik sinf oʻquvchilarini nur qaytaruvchi maslamalar bilan jihozlash  kabi chorlar nazarda tutilgan.

Eslatib oʻtamiz, Sovet Ittifoqi davrida ham maktab oʻquvchilari haydovchilik guvohnomasi olish imkoniyati bor edi. Xususan, oʻquvchilar maktab darslaridan tashqari alohida yoʻl-harakati qoidalarini oʻrganishar, “DOSAAF” nomli tashkilotlarda amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etishar va imtihon topshirib haydovchilik guvohnomasini olishlari mumkin edi.  

Ushbu tajriba xorijiy mamlakatlarda ham keng qoʻllaniladi. Xususan AQShning bir necha shtatlarida (Arkanzas, Alyaska, Viskonsin, Dakota, Kanzas) maktab oʻquvchilari 14 yoshida imtihon topshirib haydovchilik guvohnomasi olishi mumkin. Frantsiya, Ispaniya, Shvetsiya, Norvegiya va Isroilda maktab oʻquvchilari 16 yoshda imtihondan oʻtsa qonuniy haydovchi boʻlishlari  mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala