Prezident Sirdaryoga tashrifini Mirzaobod tumanidan boshladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vo vremya poyezdki v Sirdarinskuyu oblast
Shavkat Mirziyoyev vo vremya poyezdki v Sirdarinskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Mirzaobod tumanidagi "Bek klaster" mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona tomonidan tashkil etilgan zamonaviy issiqxona bilan tanishdi

TOShKENT, 13 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-aprel kuni Sirdaryo viloyatiga keldi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, prezident Mirzaobod tumanidagi "Bek klaster" mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona tomonidan tashkil etilgan zamonaviy issiqxona bilan tanishdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev ertaga Sirdaryoga boradi

"Bek klaster" korxonasiga Sirdaryo viloyatidan 18 ming gektar yer ajratilgan bo‘lib, mazkur ko‘p tarmoqli klaster tomonidan Mirzaobod tumanida 100 gektar maydonda issiqxona tashkil etilgan. Bu yerda yiliga 25 million dollarlik mahsulot yetishtirish, ularni 100 foiz eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ilmiy asosda yetishtirish va saqlash, xaridorini hozirdan topish zarurligini ta’kidladi. Issiqxona konstruksiyalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, meva-sabzavotchilik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, klaster qoshida ilmiy-amaliy markaz tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Prezident qishloq xo‘jaligi texnikalarini ham ko‘zdan kechirganligi xabar qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0