Yaponiya O‘zbekistonda gazdan benzin ishlab chiqaruvchi zavod qurishi mumkin

© Sputnik / Grigoriy Sysoyev / Mediabankka o‘tishNeftepererabativayushiy kompleks. Arxivnoe foto
Neftepererabativayushiy kompleks. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Yaponiya hukumati kreditlari hisobidan tabiiy gazdan benzin ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi mumkin.

TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Yaponiyaning Kawasaki Heavy Industries korporatsiyasi O‘zbekistonda tabiiy gazdan benzin ishlab chiqaruvchi (gas to gasoline — GTG) zavod qurishni muhokamama qilmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti “O‘zneftegaz” vakiliga asosan.

“Biz Yaponiya hukumati moliyaviy ko‘magida O‘zbekistonda GTG texnologiyasi bo‘yicha tabiiy gazdan benzin ishlab chiqaradigan zavod qurish masalasini ko‘rib chiqmoqdamiz”, — dedi “O‘zneftegaz” vakili. 

 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Yaponiya korporatsiya ushbu korxonani qurish uchun hukumat kreditlarini jalb qilishi mumkin. Ayni damda muzokaralar boshlang‘ich bosqichda turibdi. Aprel-may oylarida loyihani muhokama qilish uchun Yaponiya delegatsiyasining tashrifi kutilmoqda. 

 

Yangiliklar lentasi
0